So’nggi yangiliklar

16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  7 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  18 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  7 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3

Xitoy superkuchga aylanib, jahon chempionatida g'olib chiqmoqchi (2-qism) Yangiliklar

Xitoy superkuchga aylanib, jahon chempionatida g'olib chiqmoqchi (2-qism)

Teglar :  Xitoy
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Czinpin mamlakat futbolni qaysi yo'l bilan rivojlantirmoqchi.

Xitoy superkuchga aylanib, jahon chempionatida g'olib chiqmoqchi (1-qism)

O'z vaqtida Siz Czinpin maktab jamoasida to'p tepgan, hozir esa tez-tez chet el chempionatlarini televizor orqali tomosha qiladi, unga ko'proq APL yoqadi. So'nggi yillarda xatto Xitoy rahbarida futbol xobbisi paydo bo'ldi - u mashhur o'yinchilarning futbolkalarini yig'ishni xush ko'radi. U futbolkalarni alohida shkafda saqlaydi va g'ururlanib ko'rsatadi: "Bu Bekxem (Devidning o'zi imzo qo'yib bergan "Los-Anjeles Gelaksi" futbolkasi), bu Argentina (10-raqam, Messi tomonidan "Czinpin" so'zi yozilgan). Hayron bo'lishingiz mumkin, ammo xatto "Bayer" ham bor - 2009 yilda Germaniyaga borganida sovg'a qilingan.


Si Czinpin chet elga uyushtirgan har bir safarida futbolga vaqt ajratishga harakat qiladi. Gollandiyada u Edvin van der Sar bilan uchrashdi, Angliyada - Serxio Aguero bilan "Manchester Siti" stadionini tomosha qildi, Irlandiyada esa - to'p bilan bazi futbol harakatlarini amalga oshirdi. Irlandiya stadionidagi surat - uning eng sevimlilaridan biri, bu rasm rahbarning ish stolida ramkada turadi.

Endi Xitoyda nega futbolga qiziqib qolishganini tushungandirsiz.



Bolalarni qanday jalb qilish mumkin?

Islohot jiddiy o'zgarishlardan boshlandi - davlat mahalliy futbol federaciyasini moliyalashtirishni to'xtatdi. Xitoy hukumati policiya tekshiruvlari bilan korrupciyani to'xtatib bo'lmasligini tushunib, federaciyaning o'zi pul topishi kerak deb hisoblashdi.

Byudjetdan pulni istaganicha safrlagan mansabdorlarning bir qismini haydab yuborishdi, bir qismini faqat quyidagi shartlar asosida olib qolishdi: Bozorda faqat halol mehnat, marketingga oid yangi tashabbuslar, har yillik auditorlik tekshiruvlari va moliyaviy hisobotlarning oshkoraligi. Asosiy qarorlar uchun javobgarlik Superligadagi aqlli insonlarga yuklatilgan.

Ammo bu Xitoy hukumati futbolga mablag' sarflamaydi degani emas. Si Czinpin va uning yordamchilari bolalar futbolini agressiv programmasini ishga tushirdi, bu masshtabi bo'yicha "Loyiha 119"ni eslatib yuboradi - 2000 yillarda Xitoyda oqsagan suzish, engil atletika, elkanli sport va boshqa sport turlari bo'yicha kadrlar etishtirish. Hozir bu sport turlarida xitoyliklar etakchi hisoblanadi. "Bunga uzoq muddatli mehnat talab etilishi mumkin, ammo biz kutishga tayyormiz, chunki bizga sifat kerak" - degan edi XXR Raisi.

Xitoy birinchi navbatda umumtalim maktablariga etibor qaratadi. 20 ming maktab 2017 yilda yangi futbol maydonlari va mashg'ulot maydonchalariga ega bo'ladi. Hukumat rejalariga ko'ra, bu mamlakatga 100 ming nafar o'rtacha darajadagi futbolchi beradi, keyin ularni skautlar va akademiya murabbiylari kuzatishadi. 2025 yilda bu programmada 50 ming maktab ishtirok etishi mumkin.

Majburiy darslar amaliy va nazariy o'tiladi. Turli yoshlardagi bolalar va o'smirlar uchun hozirgacha 7 ta kitob yozildi. Kitoblarda nafaqat zarba berish, fint amalga oshirish, pas oshirish ko'rsatilgan, balki jamoaviy o'yin paragraflari ham bor. "Xatto bola hayotini futbol bilan bog'lashni istamasada, bu darslar ularga irodani kuchaytirish, jamoaviy ishlarga va jamiyatdagi hayotiga yordam beradi" - deydi programma tuzuvchilaridan biri.


Kitoblarga QR kodlar ham qo'shiladi, bolalar o'z smartfonlari yordamida uni skanerlab futbol haqida qo'shimcha roliklarni tomosha qila olishadi.


Xitoy qanday qilib futbolda superkuchga aylanmoqchi?

Xitoy futbol bozori faqat bolalar yo'nalishida rivojlanayotgani yo'q. Masalan, moliyaviy imkoniyatlar katta tempda o'smoqda: 2014 yilda klublar chet ellik futbolchilarni xarid qilish uchun 102 mln. dollar sarflashdi - bu o'tgan yilgidan 3,5 baravar ko'p (28 mln.).

Futbolga bo'lgan etiborni telekompaniyalar orqali ham kuchaytirishyapti. Har dam olish kuni Xitoy Markaziy televideniyasida tekinga Angliya Premer-ligasining ikki uchrashuvini tomosha qilishingiz mumkin, bu translyaciyalarni 320 mln. kishi tomosha qilmoqda.

Xitoy chempionatini ko'rsatish narxi yildan-yilga oshib bormoqda. Kelasi yil kuchga kiradigan shartnomaga ko'ra, bir mavsum uchun TV-huquq 1,6 mlrd. yuanga baholanmoqda. Hozir translyaciyalar kelasi yilgidan 19 marta arzon turadi, yiliga 85 mln. yuan. The Wall Street Journal malumotlariga ko'ra, Xitoyda eng yirik TV-bozor mavjud, u 460 mln. kishidan ortiq. SHu sababli so'nggi yillarda bu huquq uchun jiddiy kurash kechmoqda, yirik o'yinchilar (kompaniyalar) pulni ayamayapti. Masalan, internet-gigant Tencent Holdings Limited NBA mediahuquqlari uchun yiliga 100 mln. dollar to'lashi kerak.


Futbol bozorida boy tadbirkorlar ham Xitoyga qudrat taqdim etishda yordam berishadi. Masalan, milliarder Van Czyanlinning Wanda Group kompaniyasi o'tgan yilning yanvar oyida "Atletiko"ning 52 mln. dollar turadigan 20% akciyalarini sotib oldi. Bu faqat yirik sport-ko'ngilochar loyihaning bir qismi. 2016 yilda Czyanlin yirik sport agentligi Infront Sports & Media ni 1,2 mlrd. dollarga, triatlon tashkilotchisi Ironman ni 650 mln. dollarga sotib oldi.

SHu bilan birga, xitoylik biznesmenlar "Den Xaag", "Sosho", "Slaviya", "Espanol" kabi klublarning bir qismiga ega bo'lishdi. Ular xatto APL klublariga ham ko'z olaytirishmoqda.

Ular pulni qaerga ishlatishni bilmaydigandek ko'rinishmoqda. Xitoy hukumatining g'oyasi bo'yicha, akademiyalar jiddiy raqobatga ko'niktirish uchun iqtidorli va kuchli futbolchilarni eng yaxshi Evropa chempionatlariga yuborishi mumkin. Siyosatchilarning fikricha, bu terma jamoani sezilarli darajada kuchaytiradi.

Dunyoning eng yirik bolalar akademiyasi

Ammo kuchli Xitoy terma jamoasini qurishda bolalar akademiyasi katta rol o'ynaydi. Mahalliy yoshlarni rivojlantirish bo'yicha asosiy ideolog deb Syuy Czyainni aytish mumkin - mamlakatning eng yirik developerlaridan biri Evergrande Group egasi. Tadbirkorning boyligi 7 mlrd. dollarga baholanmoqda.

2010 yilda Syuy Czyain tavakkal qilib, kelishilgan o'yinlar uchun ikkinchi darajali divizionga tushirib yuborilgan "Guanchjou"ni xarid qiladi. Jamoani botqoqdan kuchli chet elliklar yordamida olib chiqishga kelishildi va "Guanchjou Evergrand" futbolchilarga emas, yiliga 10 mln. evro oladigan italiyalik Marchello Lippiga ishonildi.


Sarmoya o'zini oqladi: Tez orada jamoa nafaqat oliy ligaga qaytdi, balki unda g'olib ham bo'ldi va Osiyo CHempionlar ligasida g'alaba qozondi. Bungacha Xitoy klublari 23 yildan beri qitaning asosiy turnirida g'alaba qozonmagan edi. "Guanchjou Evergrand" shunchalik tez rivojlandiki, u Alibaba Group asoschisi Jek Mani (boyligi 30 mlrd. dollarga baholanmoqda) qiziqtirib qo'ydi. Oldinroq Ma 192 mln. dollarga klubning 50% akciyalarini sotib oldi.

Syuy Czyainning eng katta yutug'i - bu 2012 yil Guanchjoudan 80 kilometr uzoqlikdagi tinch shaharcha Cinyuanda ochilgan akademiya. Evergrande International Football School qurilishi uchun 115 mln. funtdan ko'proq mablag' safrlandi va loyiha masshtabi sizni hayron qoldirishi aniq. Bu jahondagi eng yirik futbol maktabi: Bu erda 2,5 ming bola yashaydi, akademiyada 50 ta, bino va manejda esa 30 ta maydon mavjud. Ochiq havoda Olimpiya hovuzi (basseyn), supermarket, kinoteatr, katta stadion va 500 hodim va murabbiy yashaydigan 4 ta minora qurilgan. Qurilishga bor-yo'g'i 1 yil ketdi.




Akademiyaga kiraverishda Jahon Kubogining 4 metrli ko'chirmasi o'rnatilgan - loyihaning asosiy maqsadi sifatida. Sovrin yaqinida Pele va Bobbi Mur haykali mavjud, sinf xonalarida esa Sokrates, Platini va Maradonalarning portreti osilgan. "Kimgadir o'xshashni istasangiz faqat eng zo'rlarini tanlang" - deydi Syuy Czyain.



"Maktabimiz Xogvartsga o'xshaydi, asosiy binoni "Garri Potter"dan olgandekmiz" - deydi akademiyada o'qiydigan 12 yoshli qiz Jang Linyan. Kun botganda Evergrande International Football School universitet binosi Joan Rouling ("Garri Potter" kitobi muallifi) yozganidek nozik ko'k rangga kiradi va nafis minoralar bir necha o'n kilometr uzoqlikdan ko'zga tashlanib turadi.




Bunday sharoitlarda o'qish tekin bo'lishi mumkin emas, yillik o'qish 5800 dollarni tashkil etadi. Ammo agar oilaning to'lashga puli bo'lmasa xafa bo'lishga hojat yo'q. Haqiqatdan ham iqtidorli bo'lgan bolalarga maxsus yaratilgan xayriya fondi yordam beradi.

Maktabning asosiy maqsadi - "Guanchjou Evergrand"ga sifatli futbolchilar etishtirib berish va jamoa 8-10 yildan so'ng transferlarga pul sarflamaslik. Xitoyda bu loyihalarga mos murabbiylar yo'qligi tufayli, ularni Argentina, Ispaniya va Portugaliyadan taklif qilishga to'g'ri keldi. Bazilar ko'p millionli hamkorlik shartnomasi tufayli "Real" maktabini ham tark etishdi. Hozir ular turli yoshdagi 126 ta jamoa bilan ishlashadi.

Agar Xitoy o'ylagan rejalari amalga oshsa, bundan hech kim hayron bo'lmasa kerak.

Xitoy superkuchga aylanib, jahon chempionatida g'olib chiqmoqchi (1-qism)

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика