Xitoy klubi 104 kundan keyin Uxanga qaytdi
21 apr 2020 12:50
Yangiliklar
Xitoy klubi 104 kundan keyin Uxanga qaytdi
Xitoyda koronavirusning o'chog'i hisoblangan Uxan shahri klubi "Uxan Zall" 104 kunni mamlakatdan tashqarida o'tkazdi. Koronavirus sabab bu jamoa yanvarda Ispaniyaga yo'l olib, o'sha erda o'quv-mashg'ulotlarni davom ettirayotgandi.
Hozirgi paytga kelib Xitoyda ahvol ancha yaxshilangan, karantin qoidalari ham birmuncha yumshagan. SHu bois bu jamoa yana Uxanga qaytib keldi. Jamoa murabbiylari va futbolchilar tibbiy niqob taqqan holda vokzaldan chiqib kelishdi. Ularni bir nechta OAV xodimlari hamda muxlislar gullar bilan qarshi olishdi. Hatto ishqibozlar jamoa shaniga qo'shiq kuylashdi.
Jamoa bosh murabbiyi Xose Gonsales iliq kutib olishdan boshi ko'kka etganini bildirdi: "Uch oydan ko'proq vaqt Ispaniyada bo'ldik. Mana yana Uxanga qaytdik. Taassurotlar alo darajada. Futbolchilar o'z uylarini sog'inib qolishgandi".
Ispaniyaning Malaga shahrida 104 kun mashg'ulot olib borgan "Uxan Zall" Xitoyga qaytgani bilan birdaniga mashg'ulotlarni boshlamaydi. Balki yaqin uch haftani karantinda o'tkazadi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar