Xitcfeld: "Gvardiola "Bavariya" bilan yashadi, u - jamoa muvaffaqiyatlari arxitektori"
09 may 2016 12:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/207433_original.jpg)
![](/upload/storage/207433_220.jpg)
Xitcfeld: "Gvardiola "Bavariya" bilan yashadi, u - jamoa muvaffaqiyatlari arxitektori"
"Bavariya" sobiq ustozi Ottmar Xitcfeld jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani himoya qildi.
Germaniyada ko'pchilik ispaniyalik mutaxassisning nemis grandidagi ishini muvaffaqiyatli deb hisoblamayapti, chunki myunxenliklar 3 yil ichida biror marta CHempionlar ligasida g'olib bo'la olmadi. Ammo Gvardiola ketma-ket uch bor Germaniya chempioniga aylandi.
"Asosiysi sovrin emas. Gvardiola - jamoa muvaffaqiyatlarining arxitektori. U yon chiziqda havotir ila "Bavariya" bilan yashadi. "Bavariya" uch turnirda g'olib bo'lganidan so'ng, murabbiy futbolchilarda g'alabaga bo'lgan olovni yana yoqa oldi" - deydi Xitcfeld.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar