Ximenes va Kavani termadan chetlatilishi mumkin
24 dek 2022 20:49
Yangiliklar
Ximenes va Kavani termadan chetlatilishi mumkin
"RMC Sport" xabariga ko'ra, ish tartib-intizom qo'mitasiga oshirilgan. Bu ish esa fevral oyidan oldin ko'rib chiqilmaydi.
Diskvalifikaciyalar turi esa qoidalarning punktlariga qaraladi. Ikki xil variant bor: agarda punktlarning 12.3-bandi bo'yicha futbolchilar aybdor deb topilsa, ular termaning navbatdagi 10-15 bahsida ishtirok etmaydi.12.4-bandi bo'yicha aybdorlik esa ularning nafaqat termalari, balki, klublaridan ham chetlatadi. Ayni damda Kavani "Valensiya"da, Ximenes esa "Atletiko"da o'ynamoqda.
Futbolchilar JCH-2022 doirasida Ganaga qarshi o'yindan keyingi harakatlari uchun ayblanmoqda. Termaning pley-off bosqichiga chiqishi uchun birgina gol etmay qolgan va bahsda bosh arbitr penaltiga tortadigan vaziyatda 11 metrlik jarima bermagandi.
O'yin yakunida esa Kavani VAR tizimini yiqitib ketgan, Ximenes esa tasodifan FIFA vakilini urib yuborgan.
Fikrlar