Xiddink APL rekordchisiga aylandi
08 mar 2016 18:00
Yangiliklar


Xiddink APL rekordchisiga aylandi
CHelsi APL 29-turida Stok Sitiga qarshi o'yinda durang o'ynadi (1:1).
SHunday qilib, London klubi bosh murabbiyi Gus Xiddink mag'lubiyatsiz seriyasini 12ta o'yinga etkazib premer-liga rekordini o'rnatdi. U klubga yangi tayingan murabbiylar orasida eng uzun mag'lubiyatsiz seriyani qayd etdi.
Gollandiyalik murabbiy CHelsiga 20 dekabr kuni tayinlandi. Uning qo'l ostida jamoa APLda 5ta o'yinda g'olib bo'ldi va 7 marta durang o'ynadi.
Undan oldingi rekord Frenk Klarkka tegishli edi. Nottingem Forest bosh murabbiyi 1993/94 yilgi mavsumda tayinlanganidan keyin 11ta o'yin yutqazmagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar