So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  65 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Xet-trikka erishgan hujumchi, mag'lub bo'lgan darvozabon, Rossiyadan qaytgan futbolchi va "Surxon" ustozi: Superligada 7-tur laureatlari Yangiliklar

Xet-trikka erishgan hujumchi, mag'lub bo'lgan darvozabon, Rossiyadan qaytgan futbolchi va "Surxon" ustozi: Superligada 7-tur laureatlari

Teglar :  Tur laureatlari
Kuni kecha Coca Cola Superligasining 7-turidan o'rin olgan uchrashuvlarga yakuniga etdi.

Championat.asia o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Bunyodkor" posboni Suhrobjon Sultonov Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 7-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

O'tgan turda ham eng yaxshi darvozabon bo'lgan Sultonov "Surxon"ga qarshi bahsda ham ko'plab seyvlar namoyish etdi. Garchi jamoasi mag'lub bo'lsa-da Sultonovni eng yaxshi deb topdik.  SHunday qilib "Bunyodkor" darvozaboni bu mavsum uchinchi marta eng yaxshi posbon bo'ldi.  



"Andijon" legioneri Rubin Xebay Championat.asia talqiniga ko'ra 7-turning eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.

"Metallurg"ga qarshi bahsda 3ta gol urgan va bitta golli uzatma bergan Xebay jamoasining yirik g'alabasiga katta xissa qo'shdi. Yakunda "Andijon" 5:0 hisobida zafar quchdi va 11 yildan so'ng bitta o'yinda 5ta gol urdi.



"Navbahor" yarim himoyachisi Oston O'runovning "Turon" darvozasiga urgan goli Championat.asia talqiniga ko'ra 7-turning chiroyli goli (VIDEO) deb topildi.  

Autdan tashlangan to'pni Abduholiqov O'runovga qulay tarzda uzatib yubordi, u yog'iga esa Oston tezkor reyd bilan jarima maydoniga kirib gol urishga erishdi.  



Sergey Tokov Championat.asia talqiniga ko'ra 7-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

Peshqadamlardan biri bo'lgan "Bunyodkor"ga qarshi bahsda "Surxon" 1:0 hisobida g'alabaga erishdi.  "Qaldirg'ochlar"ning mavsumda ilk bor maydonni boshlarini egik holda tark etishlariga sababchi bo'lgan Sergey Tokov boshchiligidagi murabbiylar shtabi eng yaxshi deb topildi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика