Xerardo Martino: “Barselona” ketma-ket ikki marotaba mag'lubiyatga uchrashga odatlanmagan”
02 dek 2013 11:13
Yangiliklar


Xerardo Martino: “Barselona” ketma-ket ikki marotaba mag'lubiyatga uchrashga odatlanmagan”
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Xerardo Martino, Ispaniya chempionati doirasida bo'lib o'tgan “Atletik”ka qarshi o'yinni izohlab o'tdi (0:1).
“Biz 70-daqiqagacha o'yinda etakchilikni saqlab keldik, ammo raqibning so'nggi daqiqada kiritgan goli hal qiluvchi rolni o'ynadi.
Biz ketma-ket ikki marotaba mag'lubiyatga uchrashga odatlanmaganmiz. Amsterdamdagi mag'lubiyat alamini shu erda olmoqchi edik. O'yin davomida biz birinchi golni kiritganimizda, o'yin butkul boshqacha ko'rinish olgan bo'larmidi.
Jamoamiz qanday o'ynash va qanday taktika tanlash kerakligini yaxshi biladi. Umuman olib qaraydigan bo'lsak, biz yaxshi o'yin ko'rsatdik. Raqib bizni pressing qilishini yaxshi bilgan holda himoyadan hujumga o'tish uslubida ishladik”, - deya takidladi Martino.

Fikrlar