Xenderson: "Nabi Keytaning o'yinini ko'rdim, u top-futbolchi"
30 avg 2017 11:04
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/275017_original.jpg)
![](/upload/storage/275017_220.jpg)
Xenderson: "Nabi Keytaning o'yinini ko'rdim, u top-futbolchi"
"Liverpul" sardori Jordan Xenderson "Leypcig" yarim himoyachisi Nabi Keytaning qizillar safiga o'tishi haqida fikr bildirdi.
"Agar katta jamoalarda o'ynasang, yaxshi futbolchilarni qo'shib olish kerak. Nabi Keytaning o'yinini ko'rdim, u top-futbolchi. Yozda transfer borasida ko'plab gap-so'zlar bo'ldi, baxtimizga, biz ishni yakunladik.
Keyta kelasi yil safimizga qo'shiladi, ammo klub uni qo'lga kiritishdan xursand. U yaqin bir necha yilda bizga yordam beradi degan umiddaman" - deydi Xenderson.
22 yoshli futbolchi 2018 yilning 1 iyulida "Liverpul" tarkibiga qo'shiladi. Mersisaydlar futbolchi shartnomasidagi 48 mln. funtlik tovon puli bandini faollashtirishdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar