Henderson Premer-ligaga qaytishi mumkin
07 okt 2024 17:49
Yangiliklar
Henderson Premer-ligaga qaytishi mumkin
Yarim himoyachi Jordan Henderson "Ayaks"ni tark etishga tayyorligi malum bo'ldi.
Unga Premer-liganing bir qancha klublari, shuningdek, futbolchini ijaraga olish imkoniyatini ko'rib chiqayotgan CHempionship jamoalari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda klublar nomiga aniqlik kiritmagan holda "The Sun" nashri xabar berdi.
Biroq Hendersonning Buyuk Britaniyaga ehtimoliy qaytishi soliq bilan bog'liq qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi, chunki u oxirgi marta 2023 yil Saudiya Arabistonida o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" Hendersonning "Al Ittifoq"qa o'tishi uchun 12 mln funt olgan, futbolchining o'zi esa haftasiga 700 ming funt ishlab olgandi. Olti oy davomida u 19 o'yin o'tkazib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Henderson joriy mavsum "Ayaks" libosida 11 o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Кападзе "Навбаҳор"даги дебютида Самарқандда "Динамо"ни енгди
Суперлига. Амалдаги чемпион "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Суперлига. Шаланинг сўнгги дақиқаларда урган голи "Насаф"га ғалаба тақдим этди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Вильярреал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ямалдан хет-трик
Fikrlar