Xekking "Volfsburg"da Magat rekordini yangiladi
10 noy 2014 12:19
Yangiliklar


Xekking "Volfsburg"da Magat rekordini yangiladi
"Volfsburg" rahbariyati bosh murabbiy Diter Xekkingning ishidan ko'ngli to'q.
"Bo'rilar" ketma-ket oltinchi o'yinda g'alabaga erishib 23 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda borishyapti. Feliks Magat "Volfsburg"da 2008-09 yilgi mavsumda 11 turda xar o'yinda o'rtacha 2,03 ochko olgan edi. Xekking bu rekordni yangiladi - uning natijasi 2,09.
"Men statistikaning muxlisi emasman. Futbolda bashorat qilish qiyin" - deydi Xekking.

Fikrlar