Xediraning ukasi o'z jamoasida qolmoqchi
02 noy 2022 14:40
Yangiliklar
Xediraning ukasi o'z jamoasida qolmoqchi
Germaniya terma jamoasi afsonaviy o'yinchilaridan biri Sami Xediraning ukasi Rani "Union"da qolishga intilmoqda.
Xabarlarga ko'ra, uni bunga majbur qilgan narsa Ispaniyaning "Barselona"sidan tushayotgan jiddiy qiziqishdir. Jurnalist Florian Plattenbergning so'zlariga asosan "Barsa" 28 yoshli futbolchini jamoaga o'tishga undayotgani yo'q.
SHunday bo'lsa-da, Kataloniya klubi unga davogarlik qilayotgan bir qator jamoalarning biri hisoblanadi. Futbolchi bilan dastlabki muzokaralar allaqachon bo'lib o'tgan va unga ko'z tikkanlar uchun yomon yangilik shundan iboratki, u "Union"dan ketishni umuman xohlamayapti.
Markaziy yarim himoya va himoya markazida o'ynay oladigan Rani ushbu mavsumda 18 ta o'yinda ishtirok etdi.
Fikrlar