So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  2 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  74 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Xayrullo Bozorov yig'ilishda “Neftchi” azolarini jiddiy tanqid qildi Yangiliklar

Xayrullo Bozorov yig'ilishda “Neftchi” azolarini jiddiy tanqid qildi

Viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi rahbari Xayrullo Bozorov “Neftchi” jamoasi rahbariyati, murabbiylari va futbolchilari bilan uchrashdi.

Tanqidiy ruhda o'tgan muloqotda “Neftchi”ning Superliga o'yinlarida yaxshi natijalar qayd eta olmayotgani, o'yin tempi borgan sari tushib ketayotganligi, 20 iyunga qadar o'tkazilgan Superliga 11-turdan so'ng 2 ta g'alaba, 3 ta durang va 6 ta mag'lubiyat bilan 9 ochko jamg'arib 12-o'rinda borayotganligi qayd etildi.

Aksariyat futbolchilarning jismoniy holati talab darajasida emasligi, asosan himoyaviy o'yin taktikasi tanlangani bois hujumkorlik yo'qligi, standart vaziyatlardan unumli foydalanishga etibor qaratilmaganligi, o'yinchilar o'rtasida g'alabaga bo'lgan ishonch, jamoaviy xarakter mavjud emasligi tanqid ostiga olindi.

Bundan tashqari, jamoada tartib-intizom yaxshi emasligi, rahbariyat va futbolchilar o'rtasida bir biriga ishonchsizlik ortib borayotgani, bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonov mazkur holatlarning oldini olish uchun etarlicha ish olib bormayotgani bo'yicha tanbeh berildi.



“Neftchi” futbol jamoasiga Superligaga qaytishi bilan bir qator sharoitlar yaratib berilgan bo'lsada, hozirda klubda professional darajada ish tashkil qilinmagan.

Muxlislar va OAV bilan ishlash, marketing masalalari, futbolchilar va muxlislar o'rtasida qo'shma tadbirlar yaxshi yo'lga qo'yilmagani, matbuot xizmati talab darajasida emasligi, klubning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarida etarli faollik yo'qligiga ham tanqidiy etibor qaratildi. Joriy yil jamoa tashkil etilganiga 60 yil to'lishi, biroq bu haqda na OAV orqali elon berilmagan, na bu katta tadbirga tayyorgarlik ishlari boshlanmagan.

Klub raisi Zohid G'ofurovning tajribasizligi, rahbarlik salohiyatining etarli emasligi ham yuqorida takidlangan muammolarning o'z vaqtida bartaraf etilmaganiga olib kelgan.
Selekciya ishlariga etiborsizlik natijasida ayni vaqtda “Neftchi” jamoasining 19 yoshli o'smirlar jamoasi 14-o'rinda, 21 yoshli o'smirlar jamoasi esa 11-o'rinda borishmoqda. Ayollar jamoasi esa 10 ta jamoa ichida 9-o'rinda bormoqda.

Viloyat rahbari ushbu masalalarga birma bir to'xtalar ekan, bundan buyon klubga o'zgacha ruhiyat olib kirish kerakligi, tartib-intizom, hurmat, ahillik bilan ish tashkil qilish kerakligini takidladi.

SHahar hokimi Vosiljon Nazarov klub prezidenti etib tayinlandi. Viloyat hokimi tomonidan unga klub faoliyatini nazoratga olish, marketing, menedjment ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yish, fan-klub bilan samarali hamkorlik o'rnatish, klub matbuot xizmati faoliyatini rivojlantirish shuningdek, klub logotipiga chinor bargi ramzini qaytarish kabi topshiriqlar berildi.

Klub murabbiylariga chiroyli o'yin namoyish etish va g'alabalar bilan muxlislarni quvontirish uchun eng avvalo asosiy tarkib o'zagini shakllantirib olish lozimligi uqtirildi.
Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика