Xayrulla Karimov: "Yigitlarga minnatdorchilik bildiramiz"
30 sen 2019 22:05
Yangiliklar


Xayrulla Karimov: "Yigitlarga minnatdorchilik bildiramiz"
AGMK yordamchi murabbiyi Xayrulla Karimov "Nasaf" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
"Bugun judayam ajoyib o'yin bo'ldi. Ikkala jamoa ham chiroyli o'yin ko'rsatishdi. Stadionga kelgan muxlislar ham, televizor oldida tomosha qilgan ishqibozlar ham o'yindan zavq olishdi. "Nasaf" jamoasi o'zining darajasini yana bir bor ko'rsata oldi, lekin biz oxirigacha kurashdik va g'alaba qozondik. Yigitlarga minnatdorchilik bildiramiz. Bugungi g'alabani kombinatning 70 yillik bayrami va ustozlar kuniga bag'ishlaymiz", – deydi Xayrulla Karimov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar