"Real" Vinisiusga narx belgiladi

Alisher Ostonov
24 avg 2025, 16:05
"Real" 2026 yilda braziliyalik vinger Vinisiusni sotishga tayyor.

Qayd etilishicha, madridliklarning dastlabki rejasi vinger bilan shartnomani uzaytirish bo'lgan. Ammo, muzokaralar oldinga siljimayapti. Vinisiusning "Real" bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning iyunigacha amal qiladi va "qaymoqranglilar" futbolchining tekinga ketishini istamaydi.

Ispan grandi braziliyalikni 150 mln evroga sotishga tayyor. Vinisius "Real" safida jami 323 ta o'yin o'tkazib, 106 ta gol urgan va 83 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Defensa Central