So’nggi yangiliklar

12:02ЖЧ саралаш учинчи босқич якунлари. Тўртинчи босқич қачон бўлади?  4 11:36Доннарумма ПСЖни тарк этиши мумкин. Клуб янги шартнома бўйича келишувга эриша олмади  4 11:02“Бавария“ Испания МТЖ аъзосини сотиб олмоқчи  0 10:36“Бетис“ Антони бўйича МЮга таклиф билан чиқди  0 10:10“Бавария“ футболчиси фаолиятини “Ал Насср“да давом эттириши мумкин  0 09:45“Интер“нинг клублар ўртасидаги ЖЧга қайдномаси маълум  1 09:17Саудия Арабистонликлар яна бир топ мураббийни лигага олиб келишмоқчи  2 08:49“Ювентус“ мураббий борасида бир қарорга келди  1 08:20ПСЖ 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 07:52Трнет Александер-Арнольднинг “Реал“даги рақами маълум  5 07:25АПЛ жамоаси Родриго билан музокараларни бошлади  4 00:30Неъматилло Қуттибоев: "Омад сабабли ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 00:15Гёкереш "Спортинг" учун бошқа ўйнамаслигини маълум қилди. Клуб футболчига берган ваъдасини бажармаган  5 23:57Исломбек Исмоилов: "Куч ва тезлик томонидан рақибга ҳеч қандай имконият қолдирмадик"  4 23:2636 ёшли Перишич "Барса"га ўтмоқчи  2

Xayrulla Karimov: “Neftchi” ko'proq standart vaziyatlariga etibor qaratsa kerak” Yangiliklar

Xayrulla Karimov: “Neftchi” ko'proq standart vaziyatlariga etibor qaratsa kerak”

“Neftchi” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan “qaldirg'ochlar” himoyachisi Xayrulla Karimovning o'yinoldi fikrlari bilan qiziqdik.

- Bir oylik tanafusdan keyingi ilk uchrashuv hech bir jamoa uchun oson o'tmasligi aniq. Ayniqsa, vodiyda to'p tepish mehmon jamoalarga doimo qiyinchilik tug'dirib keladi. Davralar oralig'ida “Neftchi” o'z safini tajribali futbolchilar bilan to'ldirib oldi. SHuningdek, jamoa tarkibida kurashga chanqoq yoshlar ham talaygina. “Bunyodkor” haqida esa ortiqcha gapirib o'tirmoqchi emasman. SHunchaki, jamoa chempionlik uchun kurashayotganini eslash etarli. Qisqa qilib aytadigan bo'lsam, ikkala jamoani ham og'ir o'yin kutyapti.

Fikrimcha, “Neftchi” ko'proq standart vaziyatlariga etibor qaratsa kerak. SHukurali Po'latov va Akmal Holmatovdek mahorat egalari istalgan nuqtadan jarima zarbalarini yaxshi bajara olishini yaxshi bilamiz. Tarkibimizda bitta jiddiy yo'qotish bor. SHorahmedov sariq kartochkalar tufayli bahsni o'tkazib yuboradi. O'ylaymanki, uning o'rnida harakat qiladigan futbolchi ham yaxshi harakat qila oladi. Yarim yillik tanaffusdan keyin yana qadrdon jamoamga qaytdim. Nimalar o'zgardi? “Bunyodkor” – professional klub! Jamoadagi tashkiliy ishlar yana ham yuqori saviyaga chiqqan. Jamoadagi yoshlar yarim yoshga ulg'ayishgan va shunga yarasha tajribalari boyigan, - deydi Xayrulla Karimov.


"Bunyodkor" matbuot xizmati

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика