Xayr, Tokio-2020. O'zbekiston ayollar terma jamoasi Olimpiadaga bormaydi

Narzulla Saydullayev
9 apr 2019, 21:03
Tokio-2020, 2-saralash bosqichidan o'rin olgan uchrashuvda O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Gonkongga qarshi bahs olib bordi.

O'yin 5:1 hisobida terma jamoamizning g'alabasi bilan yakunlandi.

Parallel ravishda kechgan o'yinda Vetnam terma jamoasi Iordaniyani 2:0 hmag'lubiyatga uchratdi. Afsuski, O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi keyingi bosqichga chiqa olmadi. Bizning guruhdan Vetnam terma jamoasi keyingi bosqich yo'llanmasiga ega bo'ldi.

Tokio-2020, 2-saralash bosqichi
Gonkong ayollar OTJ - O'zbekiston ayollar OTJ 1:5
Gol:
Cheung Vai Ki (57) - Mahliyo Sarikova (31, 42, 80), Shin Chang (57, avtogol), L.Karachik (87)
Gonkong ayollar OTJ: Yun Ki, Shin Chung, Yi Xe Man, Chang Pu, Chang Vin, Cheun Vai Ki, Xo Mui, Vai Yeun, Vong So, Kvok Chin, Li Vin
O'zbekiston ayollar OTJ: Laylo Tilovova, O'g'iloy Qo'chqorova, Maftuna Shoimova, Kamila Zaripova, Soliha Husnitdinova, Umida Zoirova, Saida Galimova, Rushaniya Safina, Tanzilya Zarbieva, Nilufar Qudratova, Lyudmila Karachik.



foto: Alimurod Mamadaminov




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz