So’nggi yangiliklar

08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  7 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20

Xayolimdan chiqib keta olmayotgan 24 yosh haqida Yangiliklar

Xayolimdan chiqib keta olmayotgan 24 yosh haqida

Postni o'qimay turib, o'zining “aqlli” fikrlarini bildiradigan erkaklarimiz omon bo'lishsin!

SHunchaki aytib ketaman, biror maqola haqida fikr bildirishdan oldin, uni falonchi yozgan, demak, hammasi tushunarli deyishlarini o'la qolsam ham tushunmasam kerak. Men bunda albatta o'sha maqolani o'qib chiqaman.

So'nggi postimda Birinchi Ligada futbolchilarning maksimal yoshi belgilab qo'yilishi, ikki liga o'rtasidagi raqobatga putur etkazishi haqida aytgandim. Biz Oliy va Birinchi Liga o'rtasidagi kosmos kabi uzoq masofani yaqinlashtirib, quyi ligadan chiqqan jamoa, elitadagisi bilan raqobatlasha oladigan tizimni afzolroq hisoblamoqdamiz. Boshqa tomon esa, 24 yoshdan kichiklar o'ynashi, iqtidorli yoshlarni ko'paytirib tashlaydi, degan fikrda.

Amaqim 24 yoshga to'lganida, allaqachon ikki farzandi bor edi. O'sha vaqtda men uni yosh deya olmasdim. Men yosh deganda 17—18 yoshli yigitni tushunishim mumkin. Messi va Ronaldu dunyoning eng kuchli ligalarida necha yoshida porlab chiqqaniga etibor bering.


Oliy Liga olmasa, Yoshlar Ligasiga keksa bo'lsa. Menimcha, Matiz olib kiraga chiqsa kerak. Yana bilmadim...




Bizdagi asosiy xato, 23 yoshli futbolchini ham yosh deb o'tirishimiz. Ayganman-ku, ular qachon katta bo'ladi?! Va yana bir jihatga etibor bering, biz Meksikada javlon urayotgan vaqtida umid bildirgan futbolchilarning ko'pchiligi 23 yoshdida “taxta”ga aylanib ulgurgandi, to'g'rimi? Yani, o'sishdan to'xtagandi. Birinchi Liga uchun qo'llanayotgan taktika, ana o'shanday o'smay qolgan futbolchilarnigina qo'llashi mumkin. Biz bu bilan 18 yoshida Evropani zir titratadigan Mbappe o'stirolmaymiz.

Yana tasavvur qilamiz, masalan Birinchi Liganing qaysidir klubi o'z oldiga yuqori maqsad qo'yib, 24 yoshli futbolchilarni tarkibga qo'shib oldi. Ularning hammasi yozda 25 yoshga to'lib qo'ysa, peshqadam tarkibi butunlay o'zgarishi kerak, tushunyapsizmi? Agar buni yil avvalida payqashi kerak edi, deb fikrimga qarshi chiqsangiz, sizga boshqa faktorni aytaman: 24 yoshga to'lgan navqiron futbolchilarni ko'chada qoldirgan bo'lamiz. Uning yuziga tik qarab, “uka, 3 oydan keyin 25 ga to'lsang, kerak bo'lmay qolasan. Ketaver”, — deyishadi, xolos. Sizningcha u qaerga boradi? Oliy Liga olmasa, Yoshlar Ligasiga keksa bo'lsa. Menimcha, Matiz olib kiraga chiqsa kerak. Yana bilmadim...

Boshqa misol. G'uzorning “SHo'rtan” klubi quyi ligaga tushib ketdi. Ammo bazi futbolchilarning hali 2 yillik shartnomasi bor, deylik. Ular nima qiladi? SHartnomani bekor qiladimi? O'zbek futboli rivojiga 1 yillik shartnomalar ham bolta uryapti, deb turganimizda, endi o'zimiz shu tizimni inkor qilayotgan jamoaning oyog'idan chalib qolamizmi, masalan?


Aziz G'aniev, Bobur Abduxoliqov, Javohir Siddiqov kabi futbolchilar menga nima uchun yoqishini aytaymi? Ular o'sha 18 yoshidayoq Oliy Liga “tankalari” orasida yorib chiqa olgan. Biz umid bildirishimiz mumkin bo'lganlar aslida mana shular. Yosh kuchga ega bo'lishni istasak, nihol yumshoq erdan unib chiqishini kutish shart emas, chunki ular vaqti kelib kuchli shamolda sinib ketadi. Qattiq erdan pishib chiqqani esa, chidamliroq va pishiqroq bo'ladi.

Mana endi shu vaqtgacha aytgan gaplarim va ayni paytdagi principlarimni umumlashtirib beraman.

Oliy Ligada 12 ta klub qolsin deganim, raqobat zo'r bo'lib ketadi, deganim emas. Raqobatning tagi bo'lsa, 16 tada ham, 20 tada ham bo'ladi. 12 ta qolsin deganim, Oliy Liga talabidagi 14 ta ham klubimiz yo'qligidan. Bu birinchisi.


Men yosh deganda 17—18 yoshli yigitni tushunishim mumkin.


Ikkinchisi, Birinchi Ligada ham Oliy Liga talabida bo'lgan klublar soni ko'proq bo'lsin, degandim. Faqat “Andijon” talabgor bo'lmasin elita uchun. Atrofida o'ziga o'xshagan yaxshi klublar bo'lsin va raqobat bo'lsin! Va ular, Oliy Ligadagi jamoalar bilan o'sha Birinchi Ligadagi vaqtida ham raqobat hosil qila olsin.

Biz esa hozircha 2 ta liga orasidagi farqni yanada kosmoslashtirish payida yuribmiz.


Yilda 2 marta “tug'iladigan” klub qachon katta bo'ladi? 

Muallif :
Reyting: +77   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика