So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

Xavi va Inestadan kuchliroq bo'lgan La Masiya qiroli Yangiliklar

Xavi va Inestadan kuchliroq bo'lgan La Masiya qiroli

Mario Rosas haqida.

"1998 yilda "Barselona B" o'yinlarini kuzatib boradiganlar 10-raqam egasini alohida kuzatishga o'rganib qolishgandi. Jamoaning o'sha tarkibida Puyol va Xavi harakat qilardi, ammo asosiy etibor Mario Rosasga qaratilardi. Uning ishtiyoqqa to'la harakatlarida ko'cha futbolining nafasi kelib turardi", – yodga oladi 'Sport.es" bosh muharriri Didak Peyret.

Rosas shunchaki daho edi. Texnik tomonlama o'ta kuchli, chaqqon, o'yinni his qila oladigan va istalgan raqib himoyasidagi kamchilikni topa olardi. Dribling, zarba va hattoki tezlik bilan ham muammo yo'q edi unda. Vaholanki, La Masiya vakillarining aksariyatiga aynan tezlik etishmasdi.

Mario Kataloniya klubi o'yin uslubiga juda mos tushar, maydon bo'ylab erkin harakatlanib, qisqa masofaga to'p oshirishlarda o'zini ko'rsatar va to'pni o'zida yaxshi olib yurardi. "Barselona" va Rosas bir-birlari uchun yaratilgandek edi. Mario asosiy tarkibda Xavidan oldin debyut qilgan va chinakam yulduzga aylangan bo'lishi kerak edi. Uning o'yinlarini ko'rganlar, Rosas CHempionlar Ligasi Kubogini boshi uzra ko'tarayotganini, turnir finalida Leo Messi aynan uning ajoyib to'p oshirishidan keyin gol urganini bemalol tasavvur qila oladilar.

Andalusiyalik yigitcha Xosepning o'sha kuchli "Barselona"si ustunlarini qiynab qo'yganiga ishonmaysizmi? Unda Xavini gapiga etibor bering: "Barselona"da yana bitta Inesta bor edi – Mario Rosas. Agar siz uning o'yinini 15, 16 yoki 17 yoshida ko'rsangiz: "SHu yigit asosiy jamoa safida maydonga tushganda, "Kamp Nou" gipnoz ostida qolib ketadi", - degan bo'lardingiz. CHin so'zim, u Laudrup va Messining bir tanadagi varianti edi. Rosas har ikki oyoqda o'ynay olar, dribling… Unda barchasi bor edi va u hammasini yo'qotdi. Bundan hayratdaman. Balki unga professionallik yoki xarakter etishmagandir – asl sababini endi hech qachon bila olmaymiz".

SHunday bo'lsa-da, keling biz vaziyatga oydinlik kiritishga urinib ko'ramiz.

Xavi tayanch yarim himoyachi rolida, Puyol o'ng qanot yarim himoyachisi, Rosas esa hujumchilar ortida yorqin yulduz kabi nur sochardi.

U paytlar "Barselona"da 3-4-3 taktikasini maqul ko'rishgan va Mario hujumchilar ortida o'ynardi. Uni Joan Vila – bugungi kunda “Barselona”ning biz o'rgangan o'yin uslubining ilk asoschilaridan biri, Kroyffning do'stlaridan biri shug'ullantirardi.

Qayd etish lozim, avvaliga bu uslub va Vila iqtidorli o'smir uchun daxshatli ko'ringan. La Masiyada qisqa masofaga tezkor to'p oshirishni talab qilishardi, ko'p harakat qilishar va to'p bir zonada uzoq qolib ketishiga yo'l qo'yilmasdi. Ayniqsa gorizontal o'yin qaxramonimizni juda qiynardi: Rosas "Real" muxlisi hisoblanadi va tezkor vertikal futbolni maqul ko'rardi.


"Men oldinroqda harakat qilardim va gollar hamda assistlarga javobgar edim. Xavi esa ko'proq to'pni saqlab qolish haqida o'ylar va shu sabab, ortga pas berardi, – deydi Rosas. – Meni bundan jaxlim chiqardi, chunki u tufayli ko'pincha to'p menga etib kelmasdi".

Mario noroziligini yashirmas, janjallashar va murabbiyning fikriga ko'pincha qo'shilmasdi. U pressingda deyarli qatnashmas va to'p raqibdan olib qo'yilgach, paslar bo'yicha ajoyib statistikani qayd etardi. Lekin Mario Rosas Kataloniya uslubining oddiy askari emasdi. La Masiya jamoalari va keyinchalik "Barselona V"da u Gvardiola jamoasidagi Messidek harakat qilgan. Dribling, tezlik, har ikki oyoqdagi zarba va boshqa jihatlar uni gol mashinasiga aylanishiga turtki bo'ldi. Raqib zamonaviy til bilan aytganda “avtobus” qo'yadigan bo'lsa, Mario bir o'zi kutilmagan harakatlari bilan natija keltirardi.

Etiborli tomoni, u har ikki qanotda ham, markazda ham birdek foydali harakat qilardi. Bazan Mario to'p oshirishni shunchaki unutib qo'yar va katta tezlikda 2-3 raqibini aldab o'tib, jamoadoshlarini qulay vaziyatga chiqarib yuborardi. Bu tomondan u Mikael Laudrupni eslatib yuborardi. Kim ko'rgan, kim ko'rmagan, lekin Laudrup barchamiz yaxshi tanigan Inestadan ancha avval to'pni u oyoqdan bu oyoqqa olish evaziga raqiblarini ko'rdim demay o'tib ketardi.

1997 yil Mario Rosas "Barselona V" tarkibida maydonga tusha boshladi. U jamoa ham 3-4-3 taktik sxemasidan foydalanardi. Markazdagi rombning o'ng qanotida kutilmaganda Karles Puyol harakat qilardi (u keyinroq himoyaga o'tgan), tayanch zonasida esa Xavi edi. Jamoadoshlari ham Rosasning salohiyati haqida gapirardi, lekin u muxlislar uchun chinakam magnit edi. O'zining birinchi mavsumida Rosas 19 gol bilan Segunda V ning III guruhi to'purariga aylandi.

Lui van Gal markazni egallagan 17 yoshli bryunetlarga darhol etiborini qaratdi. Rosas 1997/98-yilgi mavsum so'nggida, Rivaldo va Figu chempionlikni naqd qilgach, asosiy jamoa safiga qo'shila boshladi. Rosas debyutini "Salamanka" barbod qilgan: raqib birinchi bo'limdayoq hisobda oldinga chiqqan. Lui van Gal esa yosh iqtidor egasini tanaffusda almashtirishga qaror qilgan. Aynan Rosas va Xavi katta futbolga keyinchalik David Silva, Inesta va Santi Kasorlani tortiq qilgan ajoyib futbol maktabining birinchi mevalari hisoblanishadi. Oradan 16 yil o'tib, Mario faoliyatini Terserada yakunladi – Ispaniyaning to'rtinchi ligasi.

Rosas jahon futboli yulduziga aylanishi kerak edi, lekin ko'p xato qildi va himoyaga yordam bermadi

“Salamanka”dan so'ng Rosas asosiy jamoada umuman maydonga tushmadi – van Gal unga ishonardi lekin Klyuyvert, Rivaldo va Figuni tarkibdan chiqarib yuborish mushkul vazifa edi. “Barsa” klassik o'yinchilarsiz 4-3-3 taktikasiga o'tganida, Mario o'zini butunlay yo'qotib qo'ydi. O'sha paytlar shunday sxemada o'ynaydigan markaziy yarim himoyachilarni juda tezkor deb hisoblashgan. SHu sabab, kreativ o'yinchini hujumga o'tkazishdi. “Men uchratgan murabbiylar men fizikasiz ojiz ekanimni aytishardi. Bo'yi pastroq bo'lgan o'yinchilardan voz kechish kerak emas — Xavi buni isbotlagan. U tufayli Kasorla, Inesta va David Silvani o'z safiga qo'shib olishni istashardi. Avval esa menga o'xshash kreativ kuchsiz futbolchilar hech narsaga arzimasdi”, – yodga oladi Mario.

Van Gal talim olish haqida takrorlardi, lekin yosh yigit quloq solmasdi: “Men La Masiya va “Barselona B” yulduzi bo'ldim, kutishga esa sabrim etmadi”. Rosas “Alaves”ga ketdi va tez orada to'g'ri yo'lni tanlaganiga amin bo'ldi. U La Masiyadan haqiqiy olamga chiqdi. U erda Rosas hech qachon eshitmagan narsalarini bildi: himoya, to'p uchun kurash va h.k. O'rtamiyona klub tabiiyki, ko'proq himoyalanadi va bunday futbolda Mario foyda bermasdi, u deyarli maydonga tushmadi.

“La Masiya tarbiyalanuvchilari boshqa klublarda o'ynashga biroz qiynaladi. “Barsa”dan ketib, paslar berib o'ynash va to'p bilan ishlash haqida orzu qilgandim. Ammo tez orada boshqa klublarda ko'proq himoyada o'ynashlari, doim g'alaba uchun kurashib, bosim o'tkazishlarini tushunib etdim. Agar siz shu narsalarni eplay olmasangiz, hech qachon yuqori darajada o'ynay olmaysiz. Bunday o'yinga tayyor emasligimga faqat o'zim aybdorman”, – degan edi Mario faoliyatini yakunlayotganida.

Mario o'yinni zaxira o'rindig'idan tomosha qilishga chiday olmasdi, undan kuchsizroq futbolchilar maydonda bo'lishi esa uning jig'iga tegar, lekin uni sotishni istashmagani hammasidan ham o'tib tushgandi. “Barselona” tarbiyalanuvchisi “Rekreativo” bilan ishni pishitib qo'ygandi: Rosas foydali shartnoma undira olgan, asosiy tarkibdan joy va chinakamiga o'sish uchun imkoniyat ko'rayotgandi, lekin “Alaves” rahbariyatiga ularni ogohlantirmay amalga oshirilgan bu ish umuman yoqmadi. Marioni asosiy tarkib mashg'ulotlaridan chetlatishdi va bu sal qolsa futbolchini butkul “sindirardi”: “Men faoliyatimni yakunlash haqida o'ylab qolgandim, futbol o'ynashga bo'lgan ishtiyoq deyarli yo'qolgandi”.

Keyin ham muammolar davom etdi. Rosas o'zini "Salamanka" klubida sinab ko'rdi, lekin Segundada undanda ko'proq mehnat qilishardi. Keyin okean ortiga yo'l oldi, lekin u erda ham “ketmoni uchmadi”: Rosas jamoadagilar huddi bir oiladek bo'lishi, ajoyib atmosferaga ko'nikkandi. Kataloniyada hech bo'lmaganda Xavining latifalari jamoadagilar kayfiyatini ko'tarardi, “Metrostarz” (hozirgi “Nyu-York Red Bullz”) futbolchilari hattoki mashg'ulotlarda ham deyarli gaplashishmasdi. Qisqa vaqtdan keyin u Ispaniyaga qaytdi va bir necha yil o'tib, Segundada “Kastelon” jamoasida to'p tepa boshladi.

Kamtarona klubda Rosasga “Barselona” tarkibida bitta bo'lsada o'yinda maydonga tushgan keksa yulduz sifatida qarashardi. Vaholanki, Mario hali 30ga to'lmagandi. Rosas jarima zarbalarini amalga oshirar va himoyaga deyarli qaytmasdi. 2008/09-mavsumda u 10ta gol urdi va La Ligani zabt etish orzusi hali tirik edi. U o'jarlik qilmay, o'rtamiyona klub uslubiga ko'nika boshladi: “Yoshligimda men doimo qiyin to'p uzatishlarini amalga oshirish, mushkul holatdan ham maksimal tarzda chiqib ketishga harakat qilardim. Ulg'ayganim sari shuni tushunib etdimki, maydonning bazi zonalarida bunday qilishga haqqing yo'q – raqibning qarshi hujumiga duch kelishing mumkin”.

O'xshamadi. Mario faqat o'zini ayblardi: "O'shanda men hozirgidek tajribali va aqlli emasdim. O'shanda men qabul qilayotgan qarorlar to'g'ridek tuyulardi. Hozirgi aqlim bo'lganida, ko'p narsani boshqacharoq qilardim, lekin hech nimadan afsuslanmayman". Aslida unga hech nima halaqit qilmasdi. Marioni Kuenka kabi muntazam jarohatlar qiynamasdi. Tungi klublarga borib qandaydir ko'ngilsizlikka duch kelib, "professinal futbolchi emas" degan “maqtov” eshitmagan. Kamdan-kam kimdir bilan aytishgan.

Ha, “Barsa”dan tashqarida muammolarga duch keldi: o'sha paytlar hatto Ispaniyada ham kuchsizroq klublar to'pga ko'proq egalik qilish va aqlli futbol o'ynashga harakat qilmas hamda jismoniy kuch va chidamlilikni talab qilardi. Kataloniya klubi maktabi chindan o'xshashi yo'q edi, lekin Mario kabi iqtidor sohiblarini bu qadar oson yo'qotmasdi. De La Penya o'z yo'lini topib ketdi. Vaholanki, u Rosasdan kuchliroq, tezkorroq yoki iqtidorliroq ham emasdi. (o'yinchilarga bahoni biz emas Xavi bergan).

Marioga shunchaki xarakter etishmadi. U bir necha bor omadsiz transferlarga duch keldi, jaxl ustida AQSHga ketib qoldi va baribir asosiysi: La Ligada o'ynab ketish uchun o'zgarishi kerakligini tushunib etmadi. Mario Rosas faoliyatini 2014 yil yakunladi. U 16 yil ichida 13ta klub safida o'ynab ko'rdi. "Barsa" safidagi bir taym ichida iqtidori va imkoniyatlari bilan Xavini hayratga solgan futbolchi faoliyatining eng yuqori cho'qqisi hisoblanadi. 2015 yil u bolalar jamoasi murabbiyi bo'lib ish boshladi va bugungi kunda "Novelda"ni boshqarmoqda.

Iqtidor Rosasni katta sahnaga olib chiqdi, lekin barchasiga erishish uchun ulkan iqtidorning o'zi kamlik qildi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика