Xavi: "Tajriba to'plash uchun murabbiylik faoliyatimni Qatarda boshlamoqchiman"

Aslanov Jasurbek
21 may 2019, 10:45
Futbolchilik faoliyatini yakunlagan "Barselona" sobiq yarim himoyachisi Xavi murabbiylik rejalari haqida gapirib berdi.

"Tajriba to'plash uchun murabbiylik faoliyatimni Qatarda boshlamoqchiman. Shundan so'ng Yevropaga qaytaman. "Barselona"da ishlashga umid qilyapman, ammo hozir uni boshqarishga qodir emasman. Maqsadimga erishish uchun asta-sekinlik bilan intilishim lozim.

G'oyalarim ko'p. Men doimo "Barselona" uslubi muxlisi bo'lganman, o'yinni nazorat qilish - men intiladigan jihat" - deydi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: EFE