Xavi Pedri haqida: "Iqtidor bo'yicha dunyoda boshqa bunday o'yinchi yo'q"
21 fev 2022 11:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/683795_original.jpg)
![](/upload/storage/683795_220.jpg)
Xavi Pedri haqida: "Iqtidor bo'yicha dunyoda boshqa bunday o'yinchi yo'q"
Xavi Pedrini dunyoning eng iqtidorli o'yinchisi deb atadi.
"Barselona" yarim himoyachisi "Valensiya" (4:1)ga qarshi La Liga 25-tur doirasidagi o'yinda gol urdi. Ammo, gol keyinchalik xet-trik qayd etgan forvard Per-Emerik Obameyangning hisobiga yozildi.
"U bizga fursat beradi, to'pni yo'qotmaydi. Bugun bo'lgani kabi u haqiqatdan ham ajoyib rolni o'ynadi.
Pedri - ajoyib futbolchi. Iqtidor bo'yicha dunyoda boshqa bunday o'yinchi yo'q.
Gol? Biz undan tepishni so'raymiz, buni talab qilamiz. Unda zarba bor, Pedri jarima to'pini yaxshi amalga oshiradi. U yosh va uyatchan, ammo hammada ham uning ko'nikmalari yo'q", - deydi kataloniyaliklar bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar