Xavi Levandovskining o'yiniga baho berdi
08 sen 2022 09:55
Yangiliklar


Xavi Levandovskining o'yiniga baho berdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi kecha xet-trik qayd etgan Robert Levandovskining o'yiniga baho berdi.
"Robert Evropada zo'rmi yoki yo'q, bilmadim. Lekin biz uchun u zo'r. Levandovski o'yinimizga mos tushadi, pressing qiladi va hujumda ko'plab takliflar beradi. U ajoyib harakat qiladi. Bu o'yinda Robert xet-trik qayd etdi, ammo jamoa bilan ham ajoyib ishladi.
Levandovski doimo gol urishga va g'alabaga chanqoq. Biz uning narxi va yoshi bo'yicha xech qachon ikkilanmaganmiz. U yaxshi inson, ajoyib futbolchi va jamoadosh, haqiqiy g'olib. Barchasi jamoa u bilan qanday ishlashiga bog'liq.
G'alaba doimo ishonch beradi. Futbolchilar uyga yaxshi o'ynaganliklarini bilib borishadi. Biroq, guruhimiz haliyam qiyin va eyforiyaga berilishga hojat yo'q. Bu g'alaba bizga bor-yo'g'i uch ochko taqdim etdi", - dedi Xavi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar