So’nggi yangiliklar

17:18"Барселона" ҳимоячисини МЮга сотишга тайёр  4 16:55Эрон – Ўзбекистон учрашувига ўмонлик ҳакамлар тайинланди  2 16:35Гвардиола Ҳоланднинг жароҳати ҳақида нималар деди?  6 16:12Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Доҳада "Aspire" академиясига қарши назорат баҳсларида қатнашади  0 15:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичига қачон қуръа ташланади?  0 15:32УEФА президенти: "Албатта, Родри "Олтин тўп"га лойиқ эди"  56 15:10"Машъал" 2 нафар тажрибали футболчи билан шартнома тузди  0 14:51"Сурхон" "ФарДУ"га имкониятни бой берди  1 14:35"Контега қарши битта ўйин бир йиллик тажрибага тенг"  0 14:08Гвардиола олдида катта танлов: "Сити"да қолиш ёки янги чақирувни қабул қилиш  32 13:39"Челси" "Барселона" аъзоси учун 30 млн евро тўлашга тайёр  2 13:12Ўзбекистон U-20 терма жамоаси устози: "Пенальтилардан фойдаланишни кўп маротаба машқ қилгандик"  38 12:58Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси "Бунёдкор"да иш бошлади  0 12:30"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Ҳусановни мақтади  17 12:03Слот – Гвардиолани АПЛнинг бир мавсумида икки марта мағлуб этган "Ливерпул"нинг биринчи мураббийи!  8

Xavi: "Barselona" qanday futbol o'ynashni istayotganini ko'rsatib berdi" Yangiliklar

Xavi: "Barselona" qanday futbol o'ynashni istayotganini ko'rsatib berdi"

Teglar :  BarselonaXavi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi LaLiga 6-turi doirasida "Elche"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Keng ko'lamli tarkibimiz bor. Barcha yaxshi mashg'ulot qilyapti, har bir futbolchi jamoaga yordam berishni istamoqda, hamma bir-biriga muxtoj - bu esa eng asosiysi. Ushbu mavsum noodatiy o'tyapti, o'yinlar taqvimi juda tig'iz, shu sababli bizga har bir futbolchi kerak. Jamoaviy o'yinni o'ynash maydonga tushayotgan har bir futbolchining burchi bo'lib qoladi.

Bizda variantlar juda ko'p. Sovrinlarni butun bir jamoa oladi, asosiy tarkibning 11 futbolchisi emas. Biz qanday futbol o'ynashni istayotganimizni ko'rsata oldik. Tashabbusni ushlab turishni istaymiz. Klubning talablari juda kuchli, bu esa o'ziga hos bosimni beradi. Jamoa o'tgan noyabrga qaraganda kuchliroq darajada. Biroq "Barselona"ni jiddiy sinovlar kutmoqda. Undan chiqib ketish uchun chin dildan mehnat qilib, jamoa, oila bo'lish kerak.

Balde ayni damda yaxshi holatda, u bizga ko'p narsalarni bera oladi. 18 yoshli futbolchining bunday o'yin ko'rsatishi ajoyib holat. Bizda uch nafar yuqori darajadagi chap qanot himoyachilari bor", - dedi Xavi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика