Xavi: "Barselona" - hayot maktabi"

Aslanov Jasurbek
19 mar 2018, 16:58
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Xavi qanday qilib Kataloniya klubi maktabiga kirgani haqida aytib berdi.

"Bunga ishona olmasdim. Avvaliga akademiyada o'qish uchun ko'p bolalar kabi ko'rikda ishtirok etdim. Otam menga "Barselona" bilan shartnoma imzolanganini aytmagan edi, shu sababli asabiylashdim. Ko'rikda qatnashdim va otam menga bitim imzolanganini aytdi. O'zimni xuddi ertakka tushib qolgandek his qildim. Birinchi kundan rohatlanishga intildim, murabbiydan ko'p narsalarni o'rgandim. "Barselona"da nafaqat futbol, balki hayot darslarini ham oldim.

"Barselona" - hayot maktabi ekanligini doimo takidlayman. U yerda boshqalarni hurmat qilish, jamoadoshlarni qadrlash va egoist bo'lmaslikni o'rgatishadi. Futbol - jamoaviy o'yin va sen jamoadoshlaring haqida o'ylashni, murabbiyning har qanday qarorini hurmat qilishni o'rganasan. Jamoa mexanizmi, biralikda ishlashga hurmat bilan qarash lozim. Buni uyimda o'rganganman, chunki oilam namunali edi deb o'ylayman. Biroq "Barselona" ham shunday. Uyimda va "La Masiya"da hammasi yaxshi inson bo'lib yetishishim uchun qilingan. "Barselona"da nafaqat futbol o'ynashga, balki etuk inson bo'lib yetishishingga o'rgatishadi. Bu haqiqiy hayot maktabi" - deydi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA