Xaverc kelsa, Nketia "Arsenal"ni tark etadi
24 iyu 2023 15:39
Yangiliklar
Xaverc kelsa, Nketia "Arsenal"ni tark etadi
"Arsenal" hujumchisi Eddi Nketia "CHelsi" futbolchisi Kay Xavercning londonliklar safiga o'tishi bilan bog'liq xabarlardan so'ng o'z kelajagini ko'rib chiqmoqda.
Bu haqda "The Sun" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli hujumchi klubda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi. Havercning transferi uning muntazam o'ynash qobiliyatini shubha ostiga qo'yadi.
Avvalroq Xaverc "Arsenal"ga o'tishdan oldin dam olish kunlari tibbiy ko'rikdan o'tishi haqida xabar berilgandi.
Nketia 2022/23 yilgi mavsum "Arsenal" safida barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Uning "kanonirlar" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar