So’nggi yangiliklar

10:48Интервью. Сергей Чигодаев: "Абдуқодир балки ўзимизда қолганида ҳозирги даражага чиқмасди"  1 10:32Неймар четлатилди  1 10:00«Ал Аҳли» ТОП мураббий билан келишувга эришди  1 09:27Терма жамоамизнинг икки нафар собиқ футболчиси «Локомотив» йиғинига қўшилди  1 08:55«Арсенал» қишда 100 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёргарлик кўрмоқда  1 08:24«Насаф»га украиналик легионер келмоқда  5 08:06Футзал бўйича Осиё Кубоги саралаш босқичи. Бугун асосий рақибимизга қарши баҳс олиб борамиз  1 07:37Бугун U-20 терма жамоамиз Сурияга қарши баҳс олиб боради  1 07:00Испания Кубоги. "Реал" қўшимча бўлимларда ғалабага эришди, Эндрикдан дубл  43 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" аутсайдерни қийинчилик билан мағлуб қилди, Амад Диаллодан хет-трик!  22 01:50Альфонсо Дэвис "Бавария" таклифига кўнмаяпти  5 01:23РФИ фахрий президенти: "Ўзбекистон, Беларусда ўйнаганида бизнинг селекционерлар қаерда эди? Кўзи кўрлар"  36 01:01Абдуқодир Ҳусанов Манчестерга етиб борди  16 00:30HERE WE GO: Омар Мармуш - "Манчестер Сити" футболчиси!  9 00:15Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан гол  0

Xatolardan xulosa - 26-tur prevyusi Yangiliklar

Xatolardan xulosa - 26-tur prevyusi

Bugun Italiya chempionatida 26-tur start oladi.

"Speciya" - "Inter"

Leonardo Semplichi bu bahsda jarohat sabab Bastoni, Zut va Xolm xizmatidan foydalana olmaydi. Diskvalifikaciya tufayli Marketti va Reca ham jamoaga yordam bera olmaydi. SHu sababli o'yin rejasini tuzishda murabbiy astoydil bosh qotirishiga to'g'ri keladi. Balki hujumda Nzola-SHomurodov duetini ko'rarmiz. 

Simone Inzagi ham bekor qolgani yo'q. Dimarko va SHkrinyar tuzalib safga qaytgan, lekin ularni oldinga turgan CHempionlar Ligasi javob uchrashuviga saqlash muhimroqdir. Mxitaryan va Lautaro bilan ham shunga yaqin holat. Bunday vaziyatda kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'layotganlarda imkoniyat paydo bo'ladi.

Birinchi davrada "Inter" ortqicha muammoga duch kelmagan — 3-0. Hozir ham jamoa yaqqol favorit. Ha, "Speciya" uchun buyog'iga har bir ochko muhim, Leonardo Semplichi esa kurashuvchan jamoalar qura olishini isbotlab bo'lgan. Biroq "Inter" bilan kurashish qiyin bo'ladi.


"Napoli" - "Atalanta"

Raspadori hamon lazaretda, Lozano ham kichik jarohat orttirib oldi va uning o'rnini Politano egallashi mumkin. Osimxen klubdan bir necha kun dam oldi, lekin shanba kungi bellashuvga tayyor bo'lsa kerak. "Napoli" tarkibida katta o'zgarishlarni kutmasa ham bo'ladi. 

Gasperinining bu borada ishlari ko'proq. Lazaretdagilarga Kompeynars ham qo'shildi. Maydon markazida katta ehtimol Ederson-De Roon juftligi tushsa kerak. Hujumda esa o'rganib ulgurganimizdek Lukman, Boga va Xoylund uchligi.

Birinchi davra bahsida "Napoli" safarda 2-1 hisobida zafar quchgan. O'z maydonida neapolliklar "Lacio"dan qabul qilingan mag'lubiyat alamini ham olishga harakat qiladi. "Napoli" ilk daqiqalardanoq oldinga tashlanib, baxtini hujumdan izlasa kerak, "Atalanta" esa himoyada o'ta ishonchli o'ynamasligini A Seriya ishqibozlari yaxshi bilishadi.


"Yuventus" - "Sampdoriya"

Juda ko'p narsa Evropa Ligasi 1/8 finalida "Frayburg"ga qarshi o'yindan keyin turinliklar qanday holatda bo'lishiga bog'liq. 

Aleks Sandro, De SHilo va Milik hali safga qaytib ulgurmadi, Kin esa o'yinni ahmoqona chetlatilishi tufayli o'tkazib yuboradi. Natijada, kutilganidek ko'p gol urmayotgan bo'lsa ham Vlaxovichga o'rinbosar variant yo'q. 

Mehmonlar uchun Gabbyadinining safga qaytgani oxirgi kunlarning eng yaxshi xabari. Biroq genueliklar safida yo'qotishlar ham yo'q emas. Asosiy kiper Audero jamoaga yordam berolmaydi. SHuningdek, Jurichich, Murilo, Pusseto va Lammers ham jarohatlanganlar ro'yxatida.

Birinchi davrada jamoalar zeriklarli o'yinda hisobni ham ochishmagandi. SHunga qaramay, "Yuventus" yaqqol favorit sifatida ko'rilmoqda. O'tgan tur "Roma" bilan bahsda qoqilishdan keyin Allegri jamoasi, agar ECHLda o'ynashni istasa, boshqa xato qilmasligi kerak. "Sampdoriya"da esa muammolar ko'p va bunday holatda jamoa "keksa sinora"ga qarshi turishi ikki barobar qiyinlashadi.



"Milan" - "Salernitana"

Leao va Krunich diskvalifikaciyadan qaytdi, lekin ularning ikkisi ham asosiy tarkibda tushmasligi mumkin. Misol uchun Dest va Bolo-Turening o'yinni o'tkazib yuborishi aniq. Qolganlar esa "Tottenxem"dan keyin qanday holatda ekanligiga etibor qaratiladi. 

Mehmonlar safida Trost-Ekong bo'lmasligi aniq, Maccoki, Brdarich va Vilenaning maydonga tushishi hozircha so'roq ostida qolmoqda. Sepe jarohatidan forig' bo'ldi, ammo darvozada baribir Gilermo Ochoani ko'rsak kerak. Hujumda esa Kastanos va qachonlardir "Milan" uchun gol urib yurgan Pentekni ko'ramiz.



Pioli jamoasi avvalgi bahsda qiyinchilik bilan bo'lsada, zafar quchgan — 2-1. Bo'lajak uchrashuvda ham milanliklar favorit. Ha, ECHLdagi o'yin futbolchilarni yaxshigina toliqtirgan, lekin mahorat bobidagi farq o'z so'zini aytishi kutilmoqda.


Sergey Rumyancev

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика