Xarri Keyn Tuxelning "Bavariya"dan ketayotganidan xafa. Futbolchini klubga o'tishga aynan Tomas ko'ndirgandi
13 mar 21:23
Yangiliklar
Xarri Keyn Tuxelning "Bavariya"dan ketayotganidan xafa. Futbolchini klubga o'tishga aynan Tomas ko'ndirgandi
Xarri Keyn jamoa bosh murabbiyining ketish haqidagi qaroridan norozi.
"Bavariya" klubi hujumchisi Xarri Keyn jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelning yozda klubdan ketish haqidagi qaroridan xafsalasi pir bo'ldi. Eslatib o'tamiz, murabbiy mavsum yakunlangach "Bavariya"ni tark etishini rasman malum qilgand.
Xarri Keyn esa Tuxel "Bavariya"da qolmasligidan xafa bo'lgan. Sababi, hujumchini o'tgan yozda Myunxen klubiga o'tishga aynan Tuxel ko'ndirgandi. Albatta, Keyn professional sifatida Tuxelning qarorini to'g'ri qabul qilgan, ammo shunga qaramay bundan ranjigan.
Malumot uchun, ayni vaqtda "Bavariya" Bundesligada peshqadamdan 10 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda. Xarri Keyn esa ushbu mavsumda "Bavariya"ning to'purari bo'lmoqda. Angliyalik forvard 25 o'yinda 30 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar