So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  3 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  42 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  4

Xans-Yoaxim Vacke: “Barchani ajablantirishimizga ruxsat bering” (to'liq intervyu) Yangiliklar

Xans-Yoaxim Vacke: “Barchani ajablantirishimizga ruxsat bering” (to'liq intervyu)

4 iyulda Dortmundning “Borussiya” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshladi.


Uch asosiy futbolchining ketishi sababli klub oldida ular o'rnini to'ldirish vazifasi turibdi. “RN” nashri muxbirlari bilan suhbatda Xans-Yoaxim Vacke yo'qotishlar, Mxitaryanning ketishiga ruxsat bergani va yangi mavsumdagi maqsadlar xususida to'xtaldi.

- O'tgan mavsum tugagach, uch asosiy futbolchining ketishi haqidagi xabarlarni rad etgandingiz.

- Buni to'g'rilayman, mavsum yakuniga etish arafasida shunday deganman. Bunday deyishimga sabab shundaki, Mxitaryanning jamoada qolishiga ishongandim. Xato qilganimni tan olaman.

- Genrix Mxitaryan boshqa klubga o'tdi va bunga rozi bo'ldingizmi?

- Birinchidan, keyingi mavsum shartnomasi tugaydigan futbolchi uchun bunday qiziq taklif olamiz deb o'ylamagandim. Ikkinchidan, yaqinda ro'y bergan voqea sababli uning sport bahosi o'zgardi. Yakunda bu holatni muhokama qilib, qarorimizni o'zgartirdik. Professional futbolda rahbar har narsaga chidamli bo'lishi kerak. Aks holda, u inqirozga tushib qoladi. Mxitaryan bilan bog'liq vaziyatni noto'g'ri baholaganimni tan olaman.

- 42 million evrolik taklif sababli fikringizni o'zgartirdingizmi?

- Klubga doir barcha masuliyat mening zimmamda. Keyingi yozda Mxitaryan mutlaqo tekinga ketgan bo'lardi. Har qanaqasiga unga zaxira topishimiz kerak edi. Ammo unda bir tiyin ham olmasdik. Vazifam har bir holatning ijobiy va salbiy taraflarini taroziga qo'yib chiqishdir.

- Mxitaryan Tomas Tuxelning yoqtirgan futbolchisi edi. U transferni qanday qabul qildi?

- Albatta, bunga ajoyib baho bergani yo'q. Har qanday transfer uch jihat bo'yicha amalga oshadi: strategik, sport va iqtisodiy. Sport taraflama hech bir klub Mxitaryandek futbolchi bilan xayrlashishni istamasligi aniq. Bizning holatda qolgan ikki jihat ustun keldi. Tuxeldan bu yangilikni professionaldek qabul qilgani uchun minnatdorman.

- Obameyangning qolishiga so'z berasizmi?

- Bugun u haqida gapirishga zaurrat yo'q. SHartnomasi 2020 yilgacha tuzilgan. Uning holati umuman boshqacha. Genrixning shartnomasi keyingi yil tugamaganda ketishiga ruxsat bermagan bo'lardim.

- “Borussiya” uch asosiy futbolchisini yo'qotib, 100 million evroga ishladi. Bu holat qulaymi?

- Raqamlarni muhokama qilmaymiz. Ularni ushlab qolishdan xursand bo'lardik. 7 yil avval 500 klub bizdan barcha jihatdan ustun edi. Muammo shundaki, hozircha bizdan ko'ra etiborni tortadigan 6-7 klub mavjud. Iqtisodiy tarafdan o'rtada farq bor. Baxtga qarshi, ular hamisha o'yinchilarimiz bilan qiziqishadi. Biror futbolchimiz “Bavariya”, “Real”, “Barselona”, “MS”va“MYU” saviyasidan pastroq .

- “Borussiya” istedodli o'yinchilar uchun top-klublarga o'tishdan oldingi nuqtami?

- 5 yil oldin 40 million evrolik maosh bilan Germaniya chempioniga aylandik. Hozir bu xarajat 100 millionga etgan. Bu bizning o'sib borayotganimiz va top-klublar bilan iqtisodiy farqni qisqartirishga intilayotganimizni ko'rsatadi. Lekin ular ham joyida turmayapti. Top-klublarda maosh byudjeti 200 million evrodan ko'proq. Hozircha ularga qarshilik ko'rsata olmaymiz. SHunday ekan, ayni paytda siz aytgan ish bilan shug'ullanishga majburmiz.

- Bu safar birdaniga uch futbolchi ketdi.

- Ha, shunday bo'ldi. Kata zaxiralarni amalga oshiramiz. Lekin bu ishtiyoqsiz jamoa bo'lganimizni bildirmaydi.

- Mutaxassislar ketganlarning o'rni baribir bilinadi deb fikr bildirishmoqda. SHu bilan birga jamoa yosh futbolchilar bilan ham shartnoma imzoladi.

- Boshqa yo'limiz yo'q. Xummelsni birdaniga to'lig'icha almashtirib bo'lmaydi. Uning saviyasidagi himoyachilar jahonda 4-5 nafar xolos. Biz ularni taklif eta olmaymiz. Biz tanlagan yo'l sovrin va finallarga olib kelganini unutmaslik lozim. SHuning uchun hech qachon afsuslanmaymiz. Bunday qilishni boshlasak, unda Bundesliganing qolgan 16 klubi nima bilan mashg'ul bo'ladi? Yuzaga kelgan holat biz uchun katta sinov bu tarafdan bizda kata tajriba mavjud. Ketganlarning o'rnini ko'p bor munosib to'ldirdik.

- Matbuotda bu klub tarixidagi eng katta o'zgarish bo'lgani haqida yozishdi. Bunga qo'shilasizmi?

- Bu yolg'ondan o'zga narsa emas. Oxirgi 10 yildagi eng katta o'zgarishni qilarmiz, biroq klub tarixidagi emas. Biz yangi, kuchli va g'alabani istovchi jamoa qurishni xohlaymiz. Ba barcha savollar bugun yoki ertaga javob topshimizni bildirmaydi. Yurgen Kloppga o'z vaqtida vaqt kerak bo'lgan. Tuxelda ham bunga etarlicha vaqt bo'ladi.

- “Bavariya”ni taqib qilish haqida nima deysiz?

- Ularning taqchibchisi sanalmaymiz. O'tgan mavsumda bunga malum darajada erishgan bo'lsak ham. Hozir ularga asosiy raqib deb o'zini sanaydiganlar sog' emas. Mats Xummels misolida himoya yanada kuchaydi. Noyer, Boateng, Xummels – “Bavariya” qanday qilib ko'p to'p o'tkazishini tasavvur qilolmayman.

- Klub SHyurrle va Bellarabiga qiziqish bildirgani haqida xabarlar bor.

- Transferga oid gaplarni izohsiz qoldiramiz. Kimgadir qiziqsak ham, buni hech qachon ommaga elon qilmaymiz.

- Yangi mavsumda jamoaning maqsadi qanday?

- Yo'qotishlar sababli maqsadimizni aniq qilib olishimiz darkor. Evropa chempionatida o'zini ko'rsatgan yoshlar bilan shartnoma tuzdik. CHempionlar ligasida pley-offga chiqish birinchi maqsadimiz sanaladi.

- Klub Mora (18yosh), Merino (19 yosh), Dembele (19 yosh) kabi yoshlarni tarkibga qo'shib oldi. Ular bilan muvaffaqiyatga erishishni mo'ljallayapsizmi?

- Ehtimol, biz 38 yoshli o'yinchini olarmiz. Yana biror futbolchi bilan shartnoma tuzamiz. Hammani hayron qoldirishimizga ruxsat bering. Hujum chizig'iga o'yinchi taklif etamiz.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика