Xandanovich: "Inter"da baxtliman"
20 fev 2014 16:57
Yangiliklar


Xandanovich: "Inter"da baxtliman"
"Inter" darvozaboni Samir Xandanovich "Barselona"dan bo'layotgan qiziqishga qaramay, klubdan ketish istagi yo'q ekanini aytib o'tdi.
"Har qanday futbolchi ham "Barselona" u bilan qiziqayotganini eshitsa, xursand bo'lsa kerak. Biroq men hech qaerga ketmoqchi emasman. "Inter"da baxtiyorman va faqatgina ushbu jamoa futbolkasida o'zimni tasavvur eta olaman", dedi Samir.

Fikrlar