Xames Rodriges: "Atletiko"ga transferim uchun hammasi tayyor edi, ammo "Real" qo'yib yubormagandi, "Everton"ga esa Anchelotti bo'lmaganda o'tmasdim"
02 apr 2021 10:15
Yangiliklar
Xames Rodriges: "Atletiko"ga transferim uchun hammasi tayyor edi, ammo "Real" qo'yib yubormagandi, "Everton"ga esa Anchelotti bo'lmaganda o'tmasdim"
"Everton" yarim himoyachisi Xames Rodriges yangi klubida hammasidan mamnun, ammo u Madridning "Atletiko" klubi sharafini himoya qilishi mumkin edi.
"Men Madridda kam o'ynadim, ayniqsa ikkinchi marta. "Bavariya"dan ketgach, "Atletiko"ga transferim uchun hamma narsa tayyor edi, ammo "Real" meni qo'yib yubormadi.
Agar Karlo [Anchelotti] bo'lmaganida, "Everton"ga bormasdim, bu haqiqat. Jismoniy muammolar sabab menga osonmas, ammo men o'ynagan paytim, yaxshi ko'rinishimni bilaman. Men "Everton" yaxshi futbol o'ynashini xohlayman", - deydi Xames.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilning 27 iyul sanasida "Atletiko" "Xalqaro CHempionlar Kubogida "Real"ni 7:3 hisobida yutgan va shundan so'ng Florentino Peres Xamesning "matraschilar" safiga o'tishini taqiqlab qo'ygandi.
29 yoshli futbolchi "Everton" safida 21ta o'yinda maydonga tuishb, 5ta gol va 8ta assist qayd etdi.
Fikrlar