Xames Evropa futboliga qaytishga qarshi emas: "Ko'ramiz, kim mening chap oyog'imni xohlarkin"
11 may 2022 14:20
Yangiliklar


Xames Evropa futboliga qaytishga qarshi emas: "Ko'ramiz, kim mening chap oyog'imni xohlarkin"
Xavbek Xames Rodriges Evropa futboliga qaytishni xohlayotganini tasdiqladi.
"Real", "Bavariya" va "Everton" sobiq o'yinchisi ayni damda Qatarning "Al Rayyan" jamoasida o'ynamoqda.
"Tez orada transfer oynasi ochiladi. Qaerga chaqirishsa, o'sha erga boraman. Elitaga qaytish imkoniyati bor.
Ko'ramiz, kim mening chap oyog'imni xohlarkin", - deydi 30 yoshli kolumbiyalik.
Eslatib o'tamiz, Xamesning "Al Rayyan" bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar