Xalqaro CHempionlar Kubogi-2019'ning so'nggi o'yini "Atletiko" – "Yuventus" o'rtasida o'tkazildi
10 avg 2019 23:10
Yangiliklar


Xalqaro CHempionlar Kubogi-2019'ning so'nggi o'yini "Atletiko" – "Yuventus" o'rtasida o'tkazildi
Musobaqa doirasidagi oxirgi uchrashuv «Atletiko» hamda «Yuventus» o'rtasida bo'lib o'tdi. O'yinda Diego Simeone shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchishdi.
Avvalroq, «Benfika» musobaqa peshqadamligini qo'lga kiritgani haqida xabar bergandik.
Atletiko – Yuventus 2:1
«Frends Arena»
Gollar: 1:0 – 24 Joau Feliks, 1:1 – 29 Xedira, 2:1 – 33 Joau Feliks.
Atletiko – Oblak, Ximenes (Korrea, 56), Tripper (Ermoso, 56), Savich (Errera, 57), Lodi (Sanches, 66), Koke (Felipe, 57), Lemar (Vitolo, 67), Saul (Rodrigo Rikelme, 66), Lorente (Tomas, 46), Joau Feliks (Aryas, 56), Morata (Diego Kosta, 56; SHaponich, 90).
Yuventus – SHesni (Buffon, 59), Kellini (Bonuchchi, 46), Aleks Sandro (Kuadrado, 59), De SHilo (Danilo, 71), de Ligt (Demiral, 71), Xedira (Matyuidi, 60), Rabo (Jan, 71), Pyanich (Bentankur, 60), Duglas Kosta (Bernardeski, 60), Iguain (Dibala, 60), Ronaldu (Manjukich, 71).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar