So’nggi yangiliklar

10:50Устоз-шогирд АПЛда ой мураббийи бўлишга номзод  0 10:44"Нефтчи": Йўлдошев жамоамизга эркин агент сифатида текинга олинди  7 10:17Трансфермаркет «Нефтчи» Иброҳимҳалил Йўлдошевни қанчага сотиб олганини эълон қилди  12 09:45«Ал Насср» АПЛнинг яна бир футболчисига 64 миллион евро таклиф қилди  2 09:13Sofascore. Навбатдаги голини урган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  13 08:40ПСЖ футболчисини 50 миллион еврога сотиб юборди  1 08:10Европа лигаси. «Рома»нинг кейинги босқичдаги эҳтимолий рақиблари маълум  1 07:40Клаудио Раньери Шомуродовнинг келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  28 03:05Европа лигаси. Моуринью амаллади, пешқадамни мағлуб қилган жамоа плей-оффга чиқа олмади ва барча натижалар  11 02:53Европа лигаси. Шомуродов захирадан тушиб гол урган ўйинда "Рома"дан ишончли ғалаба  26 01:50Месси ЖЧ-2026да ўйнайдими? Скалони жавоб берди  2 01:19Неймар собиқ жамоасига қайтаётганини эълон қилди  1 00:49"Ал Ҳилол" Неймарнинг ўрнига "Реал" футболчисини олиб келмоқчи  0 00:34Невилл "Арсенал"дагиларнинг ҳакамни танқид қилиши ҳақида: "Ижтимоий тармоқлар бизнинг вақтларда бўлмасди"  1 00:14Саудия Арабистони. Роналду 921-голини урган ўйинда "Ал Насср"да қийин ғалаба  15

Xalk: ”Qachondir "Zenit"ga qaytishni xohlayman" Yangiliklar

Xalk: ”Qachondir "Zenit"ga qaytishni xohlayman"

Teglar :  Xalk
“SHanxay SIPG” jamoasi bilan shartnoma imzolagan braziliyalik futbolchi Xalk “Sport Ekspress” muxbiri bilan muloqotda bo'ldi.

56 million evro evaziga amalga oshirilgan transferdan keyin u o'tishi xususida fikrlarini bildirdi.

– Xitoyga o'tishingizda asosiy sabab nima?

– Eng muhim ishtiyoq – bu yangi sarguzasht. Faoliyatimga nazar tashlansa, Yaponiyada 4,5 yilni o'tkazdim. Keyin “Portu”da 4 mavsum va “Zenit”da ham shuncha vaqt davomida o'ynadim. Endi menda shuncha muddat uchun Xitoy klubi bilan shartnoma mavjud. O'ynagan barcha erimda baxtli bo'lganman, bunga erishganman. Sinov shundaki, bu erda ham menda hammasi yaxshi ko'rinish olsin va bu erda tarixni yaratishga erishay.

– SHanxayga kelishingiz tufayli Braziliya terma jamoasiga chaqirilishingiz barham topadi degan xavf yo'qmi?

– Yo'q, bu borada xotirjamman. Bu erda terma jamoaga chaqirilayotgan ko'plab futbolchilar bor. Hozir men uchun o'ynaydigan klubimda ishlarim ijobiy ketishi muhimroq – murabbiy meni terma jamoaga taklif etishni xohlasin.

– Siz uchun ahamiyatlisi “Zenit” transferingizdan 56 million evro ishlab topadi. Rossiya chempionatidagi biror futbolchi uchun shu paytgacha bunchalik ko'p to'lashmagan!

– “Portu”ga kelganimda bu Portugaliya tarixidagi eng yirik transfer bo'lgandi. Ketishimda ham shunday holat kuzatilgan. “Zenit”ga o'tishimda yana shunday holatga duch kelganman. Ishingni munosib baholashlari yoqimli. Uni Portuda, keyin Sankt-Peterburgda munosib baholashdi. Umid qilamanki, SHanxayda ham buni uddalash nasib qiladi.

– “Zenit” ketishingizdan keyin yangi jamoa qurishiga qo'shilasizmi? Bu jarayonni siz qanday boshlagan bo'lardingiz?

– Barchasini boshidan qilishga to'g'ri keladi deb o'ylamayman. Hozir “Zenit”da ajoyib tarkib bor. Turli terma jamoalar o'yinchilari mavjud. SHuningdek, klubda yana 2-3 nafar yaxshi ijrochilarni taklif etish imkoni bor va bu jamoani kuchaytiradi.

– Ketishingizdan Zyuba juda ranjiydi – u bilan ajoyib duetga aylandingiz. Endi Artyomga kim golli paslar beradi?

– O'ylashimcha, endi hamma buni bajarishga intiladi. Zyubaga rostdan ko'plab golli to'p oshirishlarni uddaladim, buni statistikadan ko'rish mumkin. Bu uning xislati, yani maydonda harakatlanishi va ochilishi sababli ro'y berdi. Artyom o'ziga to'p kelib tushishiga arziydi. Boshqa futbolchilar uning uchun o'ynashni boshlashlariga ishonaman.

– Mircha Luchesku tayinlangandan so'ng oradan bir oy o'tdi. U futbolchilarga o'z raqamidan SMS-xabar yo'llagan. U bilan suhbatlashdingizmi?

– Murabbiy bilan telefon orqali gaplashdik. Luchesku mendan umid qilayotganini takidladi. O'shanda transferim bo'yicha muzokara ketayotgandi. U buni bilmagan bo'lsa kerak. Biz uchrashmadik, lekin unga klubda omad tilayman va “Zenit” bilan ko'plab sovrinlarga ega chiqishiga umid qilaman.

– Rossiyadagi faoliyatingizni qanday tariflagan bo'lardingiz? Nimalarni uddaladingiz, nimani yo'q va eng katta afsuslanish?

– Eng ranjitgan holat kelishimdan keyingi davr bo'lgandi. Men boshqacha kutib olishni kutgandim. Bir qator futbolchilar menga hurmatsizlik bildirishdi va bu jahlimni chiqardi. Baxtimga ular tez orada klubdan ketishdi. SHundan keyin jamoada ajoyib muhit hukm surdi. “Zenit”da ijobiy faoliyatga ega bo'ldim deb o'ylayman. Boshida barchasi yaxshi ketmadi, lekin buni engib o'tdim va shundan keyin jamoaga maydonda va uning tashqarisida yordam berishga muvaffaq bo'ldim. Juda iliq xayrlashdik. “Zenit”ning eshiklari men uchun ochiq qoldi deb o'ylayman. Bu jamoa oilamga aylandi va u bilan hamisha iliq munosabatni saqlashimga umid qilaman. Klubga va Sankt-Peterburgga hurmat bilan yondoshaman.

– Jamoadagi eng baxtli kuningiz qaysi? Va eng yaxshi o'yiningiz?

– Sovrinlarga ega chiqqan kunlarimiz. Jamoa bilan uch sovrin yutdim va yana ko'proq yuta olardik. Biroq xatlarimiz bunga yo'l qo'ymadi. O'sha sovrinlar esa meni yanada baxtli qildi.

– “Zenit”ga qaytishni istaysizmi? Qanday rolda?

– Albatta, xohlayman. Oldimda esa SHanxaydagi 4 yillik shartnomam turibdi. Faoliyatim qanday davom etishini bilmayman. Hammasi klubdan qanday taklif tushishiga bog'liq. Ko'ramiz. Aytganimdek, juda iliq xayrlashdik. Ketganimdan keyin klub xodimlaridan ko'plab xabarlar oldim, yaxshi gaplar eshitdim va buning uchun minnatdorman.

– Evropa chempionati o'yinlarini ko'rdingizmi va Rossiyaning guruhdan chiqib ketganiga munosabatingiz qanday?

– To'g'risi, kam uchrashuvlarni kuzatdim. Tatil paytimda imkon boricha ko'proq dam olishga intilaman. Barchasini unutib, oilam bilan bo'lishga harakat qilaman. Albatta, Rossiyaning guruhdan chiqib ketganini bilganimda bu qayg'uli bo'ldi. Rossiyaning Angliyaga qarshi birinchi o'yinini tomosha qildim. Unda jamoangiz yaxshi o'ynadi va g'alabaga ozgina etishmadi. Bu futbol va unda doim ham kuchlilar zafar quchmaydi. Bazida hammasini kichik tasodiflar hal qiladi.

– Rossiyadagi faoliyatingizda kimga eng katta rahmat deb aytgan bo'lardingiz?

– “Zenit” va uning barcha xodimlariga. Ular menga ishonishgani, katta pul to'lashgani uchun. Bu pullarning qaytgani juda muhim. Miller, prezident Dyakov, klub direktori Mitrofanov va klubga kelgan paytimdan boshlab men bilan yonma-yon yurgan barchaga rahmat aytaman. Jamoadagi muhit tufayli menga og'riqli bo'lganda klubdan ketishimga ruxsat berishmagani uchun minnatdorman. Ular qolishimni so'rab, ishlar yaxshi bo'lishini aytishgandi. SHunday bo'ldi. Yakunda klubda baxtli yillarni o'tkazdim.

– Klub va shahardan nima yodingizda qoladi?

– SHaharning o'zi. Sankt-Peterburg – mo'jizaviy joy, uni juda yoqtiraman. Rafiqam va bolalarimga ham u yoqadi, ular ko'plab do'stlar orttirishdi. Klubdan barcha xodimlarning iliq muomalasi yodimda qoladi. Ular doim menga hurmat bilan munosabatda bo'lishdi va ularga shunday javob qaytarishga intildim. Menga qilingan g'amxo'rlikni hech qachon unutmayman.

– “Zenit” va Rossiyaga xayrlashuv chog'ida nima tilaysiz?

– Rossiyaga tinchlik va xursandchilik, klubga esa g'alabalar va omad tilayman. Hamisha ular uchun muxlislik qilaman, bu mamlakat qalbimda bo'ladi.

Behzod NAZAROV tayyorladi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика