So’nggi yangiliklar

22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  2 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  681 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  6 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2

Xakim Fuzaylov: Tojikiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga chiqmoqchi Yangiliklar

Xakim Fuzaylov: Tojikiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga chiqmoqchi

Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov Osiyo Kubogi-2019 saralashi doirasidagi Filippinga qarshi bahsdan oldin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Filippin - Tojikiston uchrashuvi 27 mart kuni Manila shahridagi stadionda bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi.
 
— Filippin haqida etarlicha malumotga egamiz. Bu jamoa bilan Dushanbeda o'yin o'tkazgandik, afsuski o'shanda 3:4 hisobida yutqazib qo'ygandik. Filippin juda yaxshi rivojlanayotgan jamoalardan biri, raqib ustozi Tomas Duliga va butun jamoaga hurmat bilan qarayman.

Osiyo Kubogiga chiqish uchun ertaga faqat g'alaba qozonishimiz kerakligini bilardik. Bu vazifani hech kim bizdan olgani yo'q, Osiyo Kubogiga chiqmoqchimiz. Bazi yigitlarda kichik jarohat bor edi, ammo ertangi bahsga barcha tayyor bo'ladi deb o'ylayman.

Filippin bilan Dushanbedagi o'yin natijasi tufayli bosim bormi? Hech qanday bosim yo'q. O'sha uchrashuvdan so'ng ko'plab o'yinlar o'tkazdik. Filippinning kuchini bilamiz, bahs juda og'ir bo'lishini bilamiz, - deydi Fuzaylov. 

Malumot uchun, so'nggi turdan oldin Tojikiston terma jamoais 7 ochko bilan guruhda 3-o'rinda bormoqda. Yaman so'nggi turda Nepal bilan o'ynaydi. Guruhda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar BAAda bo'ladigan Osiyo Kubogiga yo'llanma olishadi. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика