

Dastlab, mutasaddilar barchasi joyidaligi, xavfsizlik choralari ko'rilganini ma'lum qilishdi. Biroq, "Daily Mail" nashri klub imijiga jiddiy ta’sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar xakerlar qo'liga o'tgani, ular maxfiy ma'lumotlarni ommaga oshkor qilish bilan tahdid qilayotgani to'g'risida xabar berdi.
Aytishlaricha, kiberjinoyatchilar "Manchester Yunayted"dan katta mablag' talab qilmoqda. Agar "qizil iblislar" xakerlar talabini qondirgan bo'lsa, AQSHning yangi qonunlarini buzgan hisoblanadi va 20 mln dollargacha (15 mln funt) jarimaga tortilishi mumkin. MYU Nyu-York fond birjasida ro'yxatga olingani tufayli, Amerika qonunlariga bo'ysunadi.
Amerika Qo'shma Shtatlarining chet el aktivlarini nazorat qilish idorasi jinoyatchilar talabini bajarishni shunday baholaydi: ularning boyligini oshirish va navbatdagi xakerlik hujumlarini boshlashga undash.
Shuningdek, Britaniya axborot byurosi (ICO) muxlislarning ma'lumotlarini himoya qilish talablarining buzilganini aniqlasa, "Manchester Yunayted"ni 18 mln funt miqdorida jarimaga tortadi.
ICO o'tgan oyda mijozlarning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilmaganligi uchun "British Airways" aviakompaniyasini 20 mln va "Marriott International" mehmonxonalar tarmog'ini 18,4 mln funt miqdorida jarimaga tortgan edi.
"Manchester Yunayted" hozircha voqeaga izoh bermayapti.



