Xabi Alonso keyingi mavsumda Gladbaxning "Borussiya" klubini boshqaradi
22 mar 2021 15:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/626697_original.jpg)
![](/upload/storage/626697_220.jpg)
Xabi Alonso keyingi mavsumda Gladbaxning "Borussiya" klubini boshqaradi
"Real", "Bavariya" va "Liverpul" sobiq xavbeki Xabi Alonso Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi yangi bosh murabbiyiga aylanadi.
39 yoshli mutaxassis keyingi mavsumdan jamoani boshqaradi.
"Borussiya" murabbiy tanlashda Alonsoning "Bavariya"da o'ynagan payti nemis tili deyarli mukammal darajada o'zlashtirgani muhim rol o'ynadi.
Ispaniyalik hozirda "Real Sosedad B"ni boshqarmoqda va uning jamoasi Ispaniyada mavqei jihatidan uchinchi o'rinda turuvchi divizionda 1-o'rinda bormoqda.
"Gladbax"ning hozirgi bosh murabbiyi Marko Roze esa yozda Dortmundning "Borussiya" klubiga yo'l oladi.
Jamoa ayni damda 36 ochko bilan Bundesliga jadvalida 10-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar