Xabi Alonso istefosining tafsilotlari oshkor qilindi
14 jan 11:36
Yangiliklar
Xabi Alonso istefosining tafsilotlari oshkor qilindi
"Real Madrid" sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso o'z istefosini asossiz va xato qaror deb atadi.
Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"dan qabul qilingan mag'lubiyatdan (2:3) so'ng, Alonso klub qarorgohiga chaqirilgan. U erda bosh direktor Xose Anxel Sanches mutaxassisga hamkorlik to'xtatilganini malum qilgan. Bunga javoban Alonso ushbu qarorga mutlaqo qo'shilmasligini, uni adolatsiz va noto'g'ri deb hisoblashini bildirgan. Shuningdek, u o'z ketishining sabablarini klub ichidagi "galaktikos qudrat madaniyati" bilan bog'lagan.
Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso 2025 yil 1 iyun kuni Madrid klubi boshqaruvini qo'lga olgan edi. U ishdan bo'shatilgan vaqtda "Real" La Liga turnir jadvalida ikkinchi, Chempionlar Ligasida esa ettinchi o'rinda borayotgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar