So’nggi yangiliklar

23:05"Милан" — "Лечче". Таркиблар маълум  0 22:30"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини "Жар" стадионида ўтказилади  4 22:05Абдесаммад Муҳаммад: "Франция ўз тарихида биринчи маротаба мундиалда иштирок этмоқда, аммо бизда қўрқув йўқ"  0 22:00Суперлига. "Сивасспор" ва Турғунбоев ўз майдонида "Истанбул Башакшехир"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 21:36Таиланд терма жамоаси аъзоси: "Франциялик футзалчилар бақувватроқ ва гавдаси йирикроқ эди"  0 21:36Футзал бўйича ЖЧ. Ўзбекистонлик Анатолий Рубаков бош ҳакамлик қилган ўйинда Аргентина Хорватияни ютди ва энди чорак финалда Қозоғистонга рақиблик қилади  0 21:26ҚПЛ. "Ордабаси" ўз уйида "Турон"ни қийинчиликсиз мағлуб этди. Яхшибоев ва Умаров эса...  0 21:10Сўнгги дақиқалардаги қизил карточка ва бекор қилинган гол: ОКМК "Локомотив"ни мағлуб этди   25 21:06"Атлетико" қўшиқчи қизнинг сўзлари сабаб унинг "Метрополитано"даги иштирокини бекор қилди  1 20:21Франция терма жамоаси дарвозабони: "Парагвай билан ҳисоб китобимиз бор"  0 20:08Жамшид Саидов: “Зиммамиздаги вазифани бажармасак, исталган ўйин мен учун охиргиси бўлиши мумкин”  1 20:01Григорий Колосовский: “Ҳаракатларимиз “Пахтакор” билан ўйиндагидан катта фарқ қилди”  3 19:50"Барселона" "Челси" вингерига қизиқиш билдирмоқда  1 19:25Футзал бўйича ЖЧ. Франция Таиландни мағлуб этди. Жаҳон чемпионатида осиёлик жамоалар қолмади  14 19:09Суперлига. "Қизилқум" "Металлург"ни мағлуб этиб, хавфли зонадан узоқлашди  10

Vyacheslav SHadrin: “Sashaning o'limida hech kimdan xafamasman. Boisi, bu taqdir” Yangiliklar

Vyacheslav SHadrin: “Sashaning o'limida hech kimdan xafamasman. Boisi, bu taqdir”

Toshkent viloyati bo'ylab amalga oshirgan o'ziga xos turnemizda o'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan, ammo kutilmagan o'lim tufayli oramizdan bevaqt ketgan hujumchi Aleksandr SHadrining dadasi bilan ham uchrashdik.
Rosti, bu uchrashuvni atayin tashkil qildik. Hech qanday tasodif yoki kutilmagan holat yuz bermadi. Biz taklif bilan chiqdik, katta SHadrin rozilik bildirdi. Bu intervyuni muxlislarimiz uchun kerak deb o'yladik. Negaki? SHadrin bilan sodir bo'lgan voqea ko'pchilikni hayron qoldirgandi. Qolaversa, har xil mish-mishlarga oydinlik kiritish uchun ham shu intervyu zarur edi. Qisqasi, quyida Yaponiya ustidan qozonilgan tarixiy g'alabada yagona gol muallifiga aylangan Aleksandr SHadrining dadasi Vyacheslav SHadrin bilan suhbatni o'qishingiz mumkin.

- Aleksandrning bolaligi, xususan, futbolga qadam qo'yishi haqida gapirib bersangiz.
- O'g'lim adashmasam 7 yoshidan boshlab millionlar o'yini bilan shug'ullanishni boshlagan. Birinchi ustozi SHarof aka Sirojiddinov qo'l ostida futbolning dastlabki sir-asrorlarini o'rgangan. Ochig'i, Sashani futbolni tanlashiga hech kim majbur qilmagan. O'z xohishiga ko'ra, to'p tepishni boshlagan. Ammo oldida boshqa variant ham bor edi. Aniqrog'i, karate sport to'garagiga borishni ham rejalashtirgandi. Tanlash vaqti kelganida u futbol to'garagiga bordi.

- Rostini ayting, Sashani professional futbolchi bo'lishini kutganmidingiz?

- Yo'q. Umuman kutmaganman.



- Oila tomondan unga qanday turtki bo'lgan?
- Hech qanday desam yolg'on gapirmagan bo'laman. Sasha futbolchi sifatida nimaga erishgan bo'lsa, hammasiga o'z mehnati sabablidir. Rosti, o'g'limning ishlariga deyarli aralashmasdim. Barcha muammolarini o'zi hal qilardi.

- Xalqimizning aksar farzandlari singari Sasha ham birinchi maoshini sizga bergan bo'lsa kerak?
- Ha. Adashmasam 2001 yil O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga chaqirilgan paytlar edi. O'shanda xotiramda ko'tarilmagan bo'lsa, oyiga 30-50-100 ming so'm atrofida pul topardi. Aytganingizdek, dastlabki maoshlarini bizga olib kelgan.

- Keling, yana bolalikka qaytsak. Aleksandr ismini kim tanlagan va nima sababdan?
- Negaligini bilmadimku, lekin hali Sasha dunyoga kelmasidan oldinoq o'g'il farzandli bo'lsam Aleksandr, qizli bo'lsam Aleksandra ismini qo'yaman deb rejalashtirgandim.

- Sasha oilada qanday farzand edi? Uy ishlariga qarashadigan, mehnatdan qochmaydigan o'g'ilmidi?
- (kulib) Deyarli uyda o'tirmasdi. 12 yoshdan keyin hayotini to'laligicha futbol bilan bog'lagach umuman uyda o'tirmay qo'ygan. SHuning uchun juda kam ko'rishardik. Asosiy vaqtini jamoasi bilan safarlarda o'tkazardi.

- Aleksandr qanday ovqatlarni xushlamasdi?
- Ko'proq suyuq taomlarni xushlamasdi. Asosan quyuq ovqatlarni erdi. Bolalikdan shunday edi. Professional futbolchi bo'lganida ham bu xislati uni tark etgani yo'q.

- O'g'lingiz ishtirokidagi uchrashuvlarni bevosita stadionda tomosha qilib turarmidingiz?
- Vaqt topsam albatta stadionga borishga harakat qilardim.

- Yaponiya ustidan qozonilgan tarixiy g'alabadan so'ng o'zingizni qanday his qilgansiz?
- Faxrlanganman, xursand bo'lganman. Har qanday ota o'z farzandini shunday yutug'ini ko'rsa xursand bo'lsa kerak?

- Og'ir bo'lsa ham eslab o'tsangiz va muxlislar har xil gap-so'zlarga ishonib qolmasliklari uchun Sashaning o'limiga aslida nima sabab bo'lganligi to'g'risida malumot bersangiz.

- (ko'zida yosh bilan) Pankreatit bo'lgan ekan. Biz bunga qadar uning oshqozonida yarasi bor deb o'ylagandik. Qolaversa, gastrit deb ham taxmin qilganmiz, biroq barcha o'ylaganlarimiz noto'g'ri ekan. Faqat buni bilganimizda Sashaning hayoti deyarli tugab bo'lgandi.



- Nahotki, shifokorlar buni bilmagan bo'lsa? Inson o'z xohishiga ko'ra shifokorga ko'rinavermaydi, lekin Sasha futbolchi sifatida bir yilda ikki marta “Futbol-MED” ko'rigidan o'tganku?!
- To'g'ri, lekin pankreatit shunday kasallik ekanki, uni faqatgina harakatga kelganida bilish mumkin ekan. SHuning uchun ham shifokorlar aniq tashxis qo'yishga qiynalishgan. Ular ham gastrit yoki oshqozon yarasi deb o'ylashgan.

- Sasha shu vaqtgacha sog'lig'idan shikoyat qilardimi? SHifokorlarga ko'ringanmidi? Har holda pankreatit ham birdaniga paydo bo'lib qolmagan bo'lsa kerak?
- O'g'lim 2013 yil iyun oyida kasallik tufayli jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'lgan. Lekin shifokorlar yuqorida takidlaganimdek, kasallikka sabab topa olishmagan. Balki o'shanda pankreatligini bilishganida bugun shu mavzuda gaplashib o'tirmagan bo'larmidik? Xullas, o'sha operaciyadan so'ng Sasha gastrit bo'yicha davolanib yurdi. Ammo ijobiy tomonga o'zgarish bo'lgani yo'q.

- O'g'lingiz operaciya vaqtida vafot etgani qanchalik to'g'ri?
- Aleksandr operaciyadan chiqdi. Undan keyin salkam bir sutka yashadi. Ammo...

- Operaciyadan so'ng shifokorlar nima deyishgandi?
- Ahvoli juda og'irligini aytishib, yosh tana kasallik bilan kurashib, uni engib chiqsagina umid qilish mumkinligini takidlashgandi. Bir haqiqatni aytsam, operaciya qaysidir manoda shunchaki nomiga o'tkazilgandi. Nega? CHunki bungacha Sashani ahvoli yomonlashib bo'lgan ekan. Pankreatitda inson organizmining ichki qismi huddi olovda qolgandek isib ketar ekan. SHifokorlar operaciyada shu issiqlikni pasaytirishdi xolos. Qolgani ularga bog'liq emasdi. Aytganimdek, yashirinib yotgan bu kasallik allaqachon o'z kuchini ko'rsatib bo'lgandi. SHifokorlar ham kech qolgan, boshqasiga ulgurishmasdi.



- Ahvoli og'irlashib, shifoxonaga tushganida yonidamidingiz yoki keyinroq xabardor bo'ldingizmi?
- Keyinroq xabardor bo'ldim. Aniqrog'i, bizni kelinimiz xabardor qildi. U Sasha og'ir ahvolda shifoxonaga yotqizilganligini aytdi.

- O'g'lingiz bilan oxirgi marta qachon gaplashgandingiz?
- Telefon orqali ko'p gaplashib turardik. Ko'rishganimizga ham unchalik ko'p bo'lmagandi. Adashmasam o'limidan ikki hafta avval ko'rishgandik. Keyin bilsam bu oxirgi uchrashuvimiz ekan.

- Hech kasalligi haqida gapirmaganmi?
- Yo'q. Asosan futbol haqida gaplashardik. Suhbatimiz avvalida aytganimdek, Sasha hamma muammolarini o'zi hal qilishga o'rgangandi. Bizga muammolarini aytgisi kelmasdi. Balki yorilib turganida bugun bunday holatga tushib o'tirmagan bo'larmidik?!

- Sashaning o'limida kimdandir xafamisiz? Futboldan, shifokorlardan yoki o'zingizdan?

- Hech kimdan xafamasman. Boisi, bu taqdir. Har kim o'z peshonasidagini ko'radi. O'g'lim o'limidan uch kun oldin Bo'kaga kelib, do'stlari bilan ko'rishgan, uzoq suhbatlashishgan, ammo bizni – ota-onasini ziyorat qilmay ketgandi. Balki o'sha vaqtdayoq o'limini his qilgandir? Kim biladi deysiz? Biz bilan uchrashib, o'zini ham, bizni ham qiynagisi kelmagandir? Xullas, endi xohlasam-xohlamasam u oramizda yo'q.



- Odatda inson biror narsa tufayli muammoga duch kelsa, o'shandan nafratlanadi. Sizga futbolga bo'lgan munosabat o'zgarmadimi?
- Avval qanday bo'lgan bo'lsa, hozir ham shunday. Lekin bitta holat bo'yicha fikrga ega bo'ldim: murabbiylar futbolchining o'yinida nima uchun pasayish yuz berganiga jiddiy suratda qiziqishmas ekan. Oxirgi vaqtlarda Sasha asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotgandi, bora-bora uni o'rinbosarlar tarkibiga jo'natishdi. Hatto u erda ham o'rnini yo'qotib qo'ydi. To'g'ri, o'g'limning o'yinida pasayish yuz bergandi, jismoniy holati avvalgidek emasdi. Ammo murabbiy nega unday bo'layotganiga qiziqishmasdi. U shuni o'ylab ham siqilaverargan. Hammasini ichiga yutgan. Bu siqilishlar oxiri yomon holatga sabab bo'ldi. Bo'kada ham tanishlarimiz,  yaqinlarimiz “nega o'g'lingiz asosiy tarkibda ko'rinmay qoldi”, - deya so'rashardi. Keyin bilsam hammasi kasallik bilan bog'liq ekan.

- Sashaning o'g'li ham xuddi otasi kabi futbolni tanlasa qanday munosabatda bo'lasiz?
- Qarshilik ko'rsatmayman. 4 yoshni qarshi olgan nevaramda hozirdanoq futbolga bo'lgan mehr bor. Uni shahrimizdagi stadionga olib chiqaman. To'p tepishga qiziqadi. Agar otasi kabi futbolchi bo'lishni istasa unga xayrixoh bo'laman.

Furqatbek NISHONOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика