"Vulverxempton" Ximenes bilan shartnomani bekor qilmoqchi
02 jan 2023 15:30
Yangiliklar
"Vulverxempton" Ximenes bilan shartnomani bekor qilmoqchi
"Vulverxempton" hujumchisi Raul Ximenes klub yangi forvard bilan shartnoma imzolay olsa, yanvarda klubdan ketishi mumkin.
Ximenes 2019 yildan beri klubda, ammo jamoaning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi 31 yoshli meksikalikning xizmatlariga qiziqish bildirmayotgani sabab "bo'rilar"ni tark etishi mumkin.
Ximenesning "Vulverxempton" bilan kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt o'yinchini 12 million evroga baholamoqda.
Ximenes joriy mavsum "bo'rilar" safida barcha musobaqalarda 6ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Fikrlar