"Vulverxempton" "Arsenal"dan Nevesh uchun 35 million funt talab qilmoqda
14 iyu 2021 09:48
Yangiliklar
"Vulverxempton" "Arsenal"dan Nevesh uchun 35 million funt talab qilmoqda
"Arsenal" "Vulverxempton" yarim himoyachisi Ruben Neveshni xarid qilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
"Bo'rilar" "kanonirlar"ning maqsadi bo'lgan 24 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun 35 million funt talab qilishmoqda.
Futbolchining agenti Jorje Mendesh bitimni tezroq yakunlash uchun "Vulverxempton" rahbariyati bilan muzokaralar olib bormoqda.
Nevesh 2020/21 yilgi mavsum "Vulverxempton" tarkibida 40ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar