Vu Leyning debyut o'yinini 40 million xitoylik tomosha qildi
08 fev 2019 12:06
Yangiliklar
Vu Leyning debyut o'yinini 40 million xitoylik tomosha qildi
2:2 hisobida yakunlangan "Vilyarreal" hamda "Espanol" o'rtasidagi LaLiganing 22-tur uchrashuvini 40 mln. xitoylik tomosha qildi.
Bu o'yinda xitoylik yarim himoyachi Vu Ley "Espanol" safida debyutini o'tkazdi va bor-yo'g'i 12 daqiqa o'ynadi.
"Vilyarreal" - "Espanol" o'yinini Ispaniyada 177 ming kishi tomosha qildi, "Barselona" va "Real" o'rtasidagi Ispaniya Kubogi yarim finalini esa 10 mln. ispaniyalik kuzatdi.
Vu Leyning "Espanol" futbolchisi sifatida tanishtirilishini 350 mln. xitoylik tomosha qildi. "Espanol"ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga 20 mingdan ortiq o'quvchilar qo'shildi.
27 yoshli Vu Ley 2 mln. evro evaziga "SHanxay SIPG"dan "Espanol"ga o'tgan edi. Futbolchi va Kataloniya klubi o'rtasidagi bitim 2020 yilning yozigacha belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar