“Vorskla” o'z uyida yutqazdi, Tursunov yagona javob goli muallifi
06 apr 2015 10:24
Yangiliklar


“Vorskla” o'z uyida yutqazdi, Tursunov yagona javob goli muallifi
Ukraina chempionatining 18-turida hamyurtimiz Sanjar Tursunov to'p tepayotgan Poltavaning “Vorskla” klubi o'z maydonida “Dnepr” jamoasini qabul qilib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Uchrashuvda yagona javob to'pi muallifi aynan Tursunov bo'ldi. Terma jamoamiz yarim himoyachisi o'yinning 13-daqiqasida o'zining aniq zarbasi bilan hisobni tenglashtirgan edi. Sanjar Tursunov ushbu o'yinning 80-daqiqasida o'z o'rnini Oleg Mishenkoga bo'shatib berdi.
“Vorskla” 18-turdan so'ng 22 ochko bilan turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi. “Dnepr” esa roppa-rosa 40 ochko bilan 3-o'ringa mustahkam joylashib oldi.
“Vorskla” 18-turdan so'ng 22 ochko bilan turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi. “Dnepr” esa roppa-rosa 40 ochko bilan 3-o'ringa mustahkam joylashib oldi.

Fikrlar