So’nggi yangiliklar

02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  0 00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  2 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  1 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  3 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  7 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  6 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  22 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16

Vohid Xolboev "Nurafshon"dagi muammoni aytdi Yangiliklar

Vohid Xolboev "Nurafshon"dagi muammoni aytdi

O'zbekiston Pro-ligasi 9-turi doirasida "Labsa" - "Nurafshon" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Vohid Xolboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin qiyin bo'ldi. Gol bo'lgan vaziyatda o'zimiz xato qildik. Darvozabonimiz to'pni ushlay olmay qoldi va himoyachilarning tartibsiz harakatlari evaziga to'p darvozamizga kirib ketdi. SHundan keyin ham jamoamizda ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. O'ta qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik, hatto "jinni to'p" ham darvozaga kirishni istamadi. Biroq shuni ko'rdimki, yigitlarda o'sish bor, o'yindan o'yinga harakatlari kuchaymoqda.

- Qizil kartochka va hakamlik borasida nimalar deya olasiz?
- Agarda hakamlar bizni "o'ldirib" tashlaganida aytardim. Ularga hech qanday etirozim yo'q. Qizil kartochka ham haqli berildi. Bugun hakamlar o'yinni yaxshi boshqarishdi. Ammo ayta olamanki, keyingi uchrashuvdan oldin katta yo'qotishga uchradik. Farruh SHotursunov - jamoa etakchisi. Uning atrofida o'yinni qurayotgandik. Endi keyingi bahsda, "Labsa"ga qarshi uy uchrashuvimizda Farruhsiz ham o'ynay olishimizni ko'rsatamiz.

- Ushbu uchrashuvda jamoangizning eng yaxshi futbolchisi deb kimni ayta olasiz?
- Bugun himoyachimiz Abdurasul Komilov yaxshi o'yin namoyish etdi. Umuman olganda, SHotursunovni ham, Murod Rajabovni ham eng yaxshilari deb ayta olaman. Biroq bugun Abdurasul har doimgidan ham ishonchli o'yin ko'rsatdi.

- Jamoadagi muammolar qanday?
- Bizda o'yin sifati ham yaxshi. Yigitlar barqarorlikni namoyish etishmoqda. Deyarli barcha uchrashuvlarda ustunlikka ega bo'lyapmiz. Muammo shundaki, biz vaziyatlardan foydalana olmayapmiz.

- Birinchi davra yakunlandi. Ilk davradagi eng qiyin o'yin deb qaysi uchrashuvni ayta olasiz?
- Safardagi uchrashuvlar unchalik qiyin o'tmayapti. Yuqorida aytganimdek, deyarli barcha uchrashuvlarda tashabbusni ushlab tura olyapmiz. "Zomin"ga qarshi o'tgan o'z maydonimizdagi bahs birinchi davradagi eng qiyini bo'ldi deya olaman. O'shanda juda qiynalgandik. 1:0 hisobida g'alaba qozona turib, gol o'tkazib yubordik. Ketma ket vaziyatlar yaratib ham, raqibni qamal holatiga solib qo'yib ham raqib darvozasini ishg'ol etishni uddalamagandik.

- "Nurafshon"da moliyaviy holat qanday? Bu loyiha keyingi mavsumda yo'qolib qolmaydimi?
- Xudo xohlasa, bunday bo'lmaydi. Ayni damda barchasi joyida. O'tgan yili jamoa Asqar Jadigerov, Davlet Ilyasov boshqaruvida munosib qatnashdi va ligada birinchi o'rinni egallashgan edi. Bu mavsumda esa aynan ular "Nurafshon"ning Pro-ligada qatnashishida bosh-qosh bo'lishdi. SHuningdek, Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari Ahmedov Bahodir Madjitovich hamda klubning moliyaviy masalalarini hal etishda baholi qudrat yordam berayotgan Rustamov Odiljon Bakievichga o'z minnatdorligimni bildiraman. Ular va yana bir qancha insonlar tufayli Toshkent viloyatida yaxshi jamoa shakllandi. Ikkinchi davrada ham shunday o'yin namoyish etib, "B" guruhida birinchi o'rinni egallab, "A" guruhiga yo'llanma olishni o'ylayapmiz.

Umuman olganda, barchasi dastur asosida kechmoqda. SHunday insonlar klubni tashkil qilishdi va jamoaning rivojlanishi uchun barchasiga tayyor. Umid qilaman, jamoa uzoq yillar davomida yo'qolib qolmaydi.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика