So’nggi yangiliklar

01:44Миллатлар лигаси. 13-сонияда гол урган Франция мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  5 01:10ОЧЛ. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини бошқарадиган ҳакамлар маълум!  2 00:43Италияда маош учун энг кўп пул ишлатаётган клуб номи маълум қилинди  0 00:17УЕФА "Рома" ва "Астон Вилла"ни жазолади  0 23:35Наҳотки! Депай ўзи учун жамоа топди  1 23:17"Насаф" назорат учрашувида дуранг ўйнади, голлар 90 ва 90+2-дақиқада урилди  2 22:35Миллатлар лигаси. Холанд ҳам хеч нима эмас! Қўшниларимиз Норвегия билан дуранг ўйнади  7 22:22Ўзбекистон миллий термасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  4 22:00Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби БАА нега фавқулодда кучайиб кетди?  19 21:42Футзал. Ўзбекистон Бразилияга қарши илк ўртоқлик ўйинида еттита гол фарқи билан ютқазди   32 21:24Невилл нима сабабдан тен Хаг кетмаётганини айтди  3 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  3 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  9 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0 19:56Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасига қарши баҳсга тайёрланишни бошлади  7

“Vodiy ochiq chempionati” musobaqasi bo'lib o'tdi Yangiliklar

“Vodiy ochiq chempionati” musobaqasi bo'lib o'tdi

Farg'onada 2004-2007 yillarda tug'ilgan yosh futbolchilar o'rtasida musobaqa tashkil etildi.

Farg'ona shahrida 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovacion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab quvvatlash yili”ga bag'ishlab hamda kuzgi tatilda yoshlar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida sportning futbol turi bo'yicha 2004-2007 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida “Vodiy ochiq chempionati” musobaqasi tashkil etildi. Mazkur musobaqada BO'SMlarning 2004-2007 yillarda tug'ilgan futbolchilaridan iborat jamoalari ishtirok etdilar.



Futbol uchrashuvlari Xalqaro Futbol Associaciyasi (FIFA) tomonidan tasdiqlangan futbol o'yini qoidalari asosida tashkil etildi. Mazkur musobaqa Farg'ona viloyati futbol associaciyasi tomonidan tayinlangan hakamlar boshqarib bordilar. 


Futbol uchrashuvlari 4-9 noyabr kunlari Farg'ona shahar 1-BO'SM maydonida o'tkazildi. Futbol uchrashuvlarining har bir taymi 2004 yilda tug'ilgan bolalarga 30 daqiqadan 60 daqiqa, 2007 yilda tug'ilgan bolalarga 20 daqiqadan 40 daqiqa, tanaffus 10 daqiqa davomida tashkil etildi.



Musobaqada “Neftchi” farm klubi, “Yoshlik”, “Ipakchi”, Ho'jamag'iz, Uchko'prik, Toshloq, Avval, “Cementchi”, Rishton, CHimyon, “Farg'ona akademiya” kabi jamoalar ishtirok etishdi.

9-noyabr kuni Farg'ona shahridagi 1-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabi maydonida 2004 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoalar o'rtasida musobaqaning yakuniy bosqichi o'tkzildi. 3-o'rin uchun bahs Toshloq va Uchko'prik tumanidan kelgan yosh futbolchilar o'rtasida o'tkazildi. Qiziqarli tarzda o'tgan o'yin 2:1 hisobida Uchko'prik tumani jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi.



SHu kunning o'zida musobaqaning final uchrashuvi ham o'tkazildi. Final uchrashuvida barcha uchrashuvlarda o'zlarining irodali o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozonib kelayotgan  “Ipakchi” va “Yoshlik” jamoalari to'qnash keldilar. Haqiqiy finallarga xos tarzda, bellashuvlarga boy o'tgan final uchrashuvida “Ipakchi” jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozondi 2004 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoalar o'rtasidava musobaqa bosh sovrinini qo'lga kiritdi. G'olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom, kubok, medal va qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

SHuni alohida tashkil etish kerakki, Farg'ona viloyati futbol associaciyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqani tashkil etish, ko'tarinki kayfiyatda o'tkazish,futbol  uchrashuvlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, farzandlari ishtirokidagi uchrashuvlarni ko'rish uchun uzoq joylardan kelgan ota-onalarga madaniy hordiq chiqarish uchun imkoniyatlar yaratishda Farg'ona shahar 1-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabi mutasaddi xodimlari jonbozlik ko'rsatdilar.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика