"Vodiy futboli". "Qo'qon-1912" yangi futbolchilarni tanishtirdi VIDEO

Narzulla Saydullayev
2 avg 2015, 11:07
"Qo'qon-1912" klubi ikkinchi davradan oldin jamoaga kelgan futbolchilarni tanishtirdi.

Quyida ushbu tadbirning videosharhini tomosha qiling. Saytimizning video bo'limi orqali tomosha qilish mumkin.


"Navbahor": Shamsitdinovga ruxsat berildi

Mavsum arafasida olimpiya terma jamoasi safida qilgan xatti-harakati uchun himoyachimiz Tohir Shamsitdinov bir yil davomida futbol o'ynash huquqidan mahrum etilgandi. Futbolchi qilgan ishidan pushaymon bo'lib, tushkun holatga tushib qolgandi. Qolaversa, Tohirni yo'qligida jamoamiz himoyasi ham kuchsizlanib qolgandi. Aynan shu sababli klubimiz himoyachini avf etishni so'rab O'zbekiston Futbol Federatsiyasiga murojaat qilgandi. Shu bilan birgalikda Shamsitdinov yo'l qo'ygan xatosi uchun uzr so'rab, kechirishlarini so'ragandi. Vaziyatni o'rganib chiqqan O'FF yakunda Shamsitdinov foydasiga qaror qabul qildi. Demak, Tohir ikkinchi davrada jamoamiz safida maydonga tushadigan bo'ldi. Fursatdan foydalanib, Federatsiyamiz prezidenti Mirabror Usmonovga klubimiz va minglab namanganlik muxlislar nomidan minnatdorchilik bildiramiz.


"Andijon": Bugun "Nasaf"ga qarshi o'ynaymiz

Bugun oliy liganing 16-turi doirasida "Andijon" klubi o'z maydonida "Nasaf"ni qabul qiladi.

Ilk davrada Qarshidagi bahsda to'rtta gol urilgan. Artur Gevorkyan dublga erishgan, Oleksandr Koblash mehmonlar darvozasiga bitta to'p kiritgan. Bunga Rustam A'zamov bir bor javob bergan edi – 3:1.

Bugungi uchrashuv 18:30da "Sog'lom Avlod" stadionida boshlanadi.


"Neftchi": G'uzorda "Sho'rtan" bilan o'ynaymiz

Bugun Farg'onaning "Neftchi" klubi safarda "Sho'rtan" mehmoni bo'ladi.

G'uzorda bo'lib o'tgan 9ta o'yinning 5tasida “Sho'rtan” g'alaba qozongan. Ikkita bahsda “Neftchi” safarda durangga erishgan va ikki marta g'olib bo'lgan.

O'yin soat 18:30da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia