So’nggi yangiliklar

22:07Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда йирик ғалабага эришди, Ўринбоев жароҳатдан сўнг илк бор майдонга қайтди  1 22:00АПЛ. "Арсенал" меҳмонда "Лидс"ни тор-мор этди  5 21:45"Леванте" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 21:42"Челси" — "Вест Хэм". Таркиблар маълум  0 21:35БАА Президенти кубоги. "Дибба" "Ал Айн"га мағлуб бўлиб, мусобақани тарк этди, Абдуллаев танаффусда ўйинга қўшилди  0 21:30Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Ризеспор" билан дуранг ўйнади, Шомуродовдан навбатдаги гол  32 21:03“Истиқлол”: Машарипов операция қилинди  7 20:57ОПЛ. "Сабаҳ"дан навбатдаги ғалаба, Раҳмоналиевда эса 90 дақиқа  1 20:02Эътибордан четда қолган йиғин ва МТЖдаги янги шахслар ҳақида  8 19:33Ироқ юлдузлар лигаси. Ўзбек дербисида дуранг  0 19:05Бугунги ўйинлар: "Арсенал", "Барса" сафарда, “Челси”, "Ливерпуль" уйда ва бошқалар  1 18:35Назорат ўйини. “Дўстлик” ва “Олимпик Mobiuz” ўртасидаги ўйинда 10 та гол урилди  1 17:31"Атлетико" "Ал Ҳилол" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:20Бензема Европага қайтиш ёки МЛСга йўл олиш ҳақида ўйламоқда. Ҳужумчи "Ал Иттиҳод"нинг янги шартнома бўйича таклифини ҳақоратли деб топди  2 15:47Папарига фаолиятини Индонезияда давом эттиради  1

"Vodiy futboli": Bugungi o'yinlardan oldin Yangiliklar

"Vodiy futboli": Bugungi o'yinlardan oldin

Bugun vodiyning uchta klubi oliy liganing 25-tur o'yinlarini o'tkazishadi.

"Andijon": Andijonda oxirgi uch o'yinda "Metallurg"ni mag'lub eta olmaganmiz

“Andijon” va “Metallurg”oliy ligada jami 31 bora to'qnash kelgan. Kichik ustunlik “Metallurg” tomonida. 13ta o'yinda bekobodliklarning qo'li baland kelgan. 10ta o'yinda “burgutlar” g'olib bo'lishgan. Yana 8ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan.

“Andijon” o'z uyida 9 marta muvaffaqiyat qozongan. Vodiyda 5 bor durang qayd etilgan. “Metallurg” bu raqib maydonidan faqat bir bor g'alaba bilan qaytgan (2011 yil). Oxirgi uch uchrashuvda “burgutlar” o'z maydonida “Metallurg”ni mag'lub eta olmayapti.

"Andijon" - "Metallurg" uchrashuvi 16:00da "Sog'lom Avlod" stadionida bo'lib o'tadi.


"Qo'qon-1912": Bugun "Lokomotiv"ga qarshi o'yin

“Qo'qon-1912” va “Lokomotiv” klublari bundan oldin oliy ligada faqat bir marta to'qnash kelishgan. Ushbu o'yin 2015 yilning birinchi davrasida bo'lib o'tgan. Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda Temurxo'ja Abduxoliqovning urgan yagona goli hal qilgandi – 1:0.

Uchrashuv 16:00da Qo'qondagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.

 
"Navbahor": "Olmaliq" bilan 16-to'qnashuv

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 15 bor kesishgan. Ustunlik “Olmaliq” tomonida. 7ta o'yinda “Olmaliq”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 5ta uchrashuvda “Navbahor” g'olib chiqqan. Yana 3ta bahsda g'olib aniqlanmagan.

Olmaliqda o'tgan 7ta o'yinning to'rttasi “Olmaliq”, ikkitasida “Navbahor” g'alabaga erishgan. Bitta o'yinda durang qayd etilgan. Oxirgi ikki o'yinda “Olmaliq” o'z uyida 3tadan gol urgan. "Olmaliq" va "Navbahor" o'rtasidagi o'yin bugun soat 17:30da boshlanadi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика