Samvel Babayan: "Barcha jamoalarning moddiy-texnik bazasi sezilarli darajada o'sdi"
30 jan 13:12
Yangiliklar
Samvel Babayan: "Barcha jamoalarning moddiy-texnik bazasi sezilarli darajada o'sdi"
"Biz mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqdamiz. Bu safar "Kaspiy" jamoasiga qarshi o'yin jismoniy tiklanish ishlariga boy bo'lgan tayyorgarlikning birinchi bosqichini yakunlab berdi. Ushbu uchrashuv futbolchilarning funcional holatini yaxshilash, o'yin shakli va o'yin suratini oshirishga qaratildi.
Tayyorgarlikning ushbu bosqichida deyarli barcha futbolchilarga bir xil o'yin vaqti berildi. Charchoq sharoitida har bir futbolchining individual sifatlarini ko'rish, ularning o'yin imkoniyatlarini hamda biz taklif qilayotgan o'yin taktik modeliga qo'yilayotgan talablarni qanday qabul qila olishini baholash biz uchun muhim edi.
Quraga kelsak, umuman olganda, kim va qachon raqib sifatida to'g'ri kelishi katta ahamiyatga ega emas. Qura tashlashning o'zi mavsum yaqinlashayotganining aniq belgisi. Shuning uchun katta qiziqish uyg'otmoqda.
Har bir jamoa 15 ta uyda va 15 ta mehmonda, jami 30 ta o'yin o'tkazadi. Barcha jamoalarning moddiy-texnik bazasi sezilarli darajada o'sdi. Har bir jamoada sifatli futbolchilarni taklif qilish imkoniyati mavjud.
Ishonch bilan ayta olaman, 2026 yilgi mavsum eng qiziqarlisi bo'ladi, chunki ko'plab jamoalar o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan, oson o'yinlari bo'lmaydi", – deya fikr bildirdi Babayan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar