So’nggi yangiliklar

18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  1 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  0 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  0 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  1 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  3 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  46 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0

Vodiy derbisi hamda O'zPFL rejasi haqida Yangiliklar

Vodiy derbisi hamda O'zPFL rejasi haqida

Teglar :  Vodiy derbisiO'zPFL
Farg'onadagi hal qiluvchi o'yinga O'zPFLning bir qator xodimlari tashrif buyurdi.

"Birinchidan, uchrashuv ahamiyati yuqori edi. Biz bunday o'yinlarni o'tkazib yuborishga odatlanmaganmiz. Ikkinchidan, Neftchi hamda Turon klublarining rejalari masalasida viloyat hokimi Xayrulla Bozorov bilan fikr almashishimiz kerak edi.

O'zPFL ishchi guruhi 30 noyabr kuni tunda Farg'onaga etib bordi. Birinchi bo'lib, Samo sport majmuasida bo'ldik. Viloyatda shunday chiroyli obekt qurib bitkazilganidan quvondik. Agar zal to'shamasini zamonaviy ko'rinishga keltirsa, bu erda bemalol xalqaro musobaqalar o'tkazish imkoniyati mavjud. Sport vazirligiga qarashli bu arenada futzal bo'yicha musobaqalar o'tkazish, ularni jonli efirga olib chiqish va bu orqali Farg'onada futzalni jonlantirishga erishish mumkin. Biz esa hozircha Toshkent, Olmaliq va Jizzax bilangina cheklanyapmiz. 2021 yildan boshlab bu ro'yxatga Farg'ona, Samarqand hamda Xorazmni qo'shish rejamizda bor. 

SHu kunning o'zida Istiqlol stadioniga keldik hamda yoritgichlarni o'lchadik. Istiqlol stadionida yoritish tizimi o'rtacha 1000 lyuksni tashkil qilyapti. Biroq Neftchi o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ysa, OFK kubogi uchun 1400, OCHL uchun 1800, milliy terma jamoa tasnifi uchun 2000 lyuks talab etiladi. 

1 dekabr kuni tushgacha viloyat hokimi Xayrulla Bozorov qabulida bo'ldik. Bunda quyidagi masalalar yuzasidan fikr almashdik:

▪️ Neftchi FK uchun akademiya shakllantirish;

▪️ Istiqlol stadioni projektorlarini yanada yaxshilash;

▪️ Istiqlol stadioni gazonini kamida Navbahorniki kabi ko'rinishga keltirish;

▪️ Yaypanda Turon FK uchun baza qurish masalasi;

▪️ Yaypanda Turon FK uchun akademiya qurish masalasi;

▪️ Samo majmuasi zal qoplamasini zamonaviy ko'rinishga keltirish masalasi.


Xayrulla Bozorov futbolni yaxshi ko'radigan inson. Nasib bo'lsa, yuqoridagi masalalar bosqichma-bosqich hal etiladi. 

Uchrashuvdan keyin viloyat hokimi Istiqlol stadioniga kelib, uchrashuvni boshidan to oxiriga qadar tomosha qildi. Hakamlar qarorlarini Futbol-TV kanalidagi takroriy lavhalar orqali birga muhokama qildik. Taqdirlash marosimida birga ishtirok etdik. Hokim avval Neftchi futbolchilari bilan uchrashdi, keyin hakamlar xonasiga kirib, ularga o'yin uchun minnatdorchilik bildirdi hamda aybdorlar albatta o'z jazosini olishiga vada berdi. Viloyat rahbarlarining o'zi stadionida bo'lgani uchun ham tartibsizlik 5 daqiqaga qolmay bartaraf etildi, biz buni o'z ko'zimiz bilan ko'rdik.  

Mana endi Farg'onaga nima uchun 8 kishi borgani sizga malum. Bunda kimdir futzalga, kimdir projektorga, kimdir futbol akademiyasiga, kimdir stadion gazoniga javob berishi ko'zda tutilgandi. SHuningdek, O'zPFL hakamlar uchun javobgar shaxsni O'FAdan so'rab olgani ham to'g'ri qaror bo'ldiki, zero u tibbiy yordam masalasida ham, so'roq vaqtida ham ular bilan birga bo'ldi. 2 dekabr kuni barchamiz Toshkentga qaytdik.

Biz hozirdanoq 2022 yilgi mavsum uchun tayyorgarlik ko'ryapmiz. Vaqti kelib buning samarasini albatta ko'ramiz", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev o'z telegram sahifasida.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика