So’nggi yangiliklar

18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  2

“Vodiy futboli”. Nodirbek Qo'ziboev safdan chiqdi Yangiliklar

“Vodiy futboli”. Nodirbek Qo'ziboev safdan chiqdi

Vodiy futboliga oid yangiliklarni berishda davom etamiz.
“Andijon”: Keyingi uchrashuvga ikkita etakchi o'yinchisiz

Bugundan “Andijon” jamoasining 10-turda “Metallurg”ga qarshi o'yinga tayyorgarligi jiddiy boshlandi.

Bekobodda o'tadigan ushbu bahsda andijonliklar ochko olishni maqsad qilganlar. Ammo “Metallurg”ga qarshi uchrashuvda jamoamiz etakchi o'yinchisiz maydonga tushadi. Ibrohim Otaxonov bilan Sanjar Asqaraliev bu o'yinda “Andijon”ga yordam bera olishmaydi. CHunki bu futbolchilar “Navbahor” bilan bo'lgan bellashuvda qizil kartochka olib maydonni tark etishdi. SHunday bo'lsa-da, jarohat sababli uchta o'yindan beri jamoaga yordam bera olmayotgan Rasul Rahmonov Bekobodda safga qaytishi mumkin.


“Qo'qon-1912”: Nodirbek Qo'ziboev safdan chiqdi

Tajribali futbolchi Nodirbek Qo'ziboev “SHo'rtan”ga bahsda o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. Bunga sabab futbolchi jaroxati borligidir. Katta extimol bilan 30 yoshli futbolchi yakshanba kuni “Lokomotiv”ga qarshi o'yinni ham o'tkazib yuborishi kutilmoqda. Biz esa Qo'ziboevga tezroq safga qaytib, muxlislarni quvontirishini tilab qolamiz.


“Navbahor”: Baxtiyor Ashurmatov keyingi o'yinni ham o'tkazib yuboradi

Namanganliklar ham bugun o'z qarorgohida yig'ilib, navbatdagi o'yinga tayyorgarlikni boshlaydi. “Lochinlar” shanba kuni o'z maydonida “Olmaliq”ni qabul qiladi. Aytishlaricha, Baxtiyor Ashurmatov ayni damda jamoa bilan birga emas. Boisi murabbiy BAAda bo'layotgan Osiyo chempionati "B" guruhi saralash o'yinlarini bevosita kuzatish maqsadida safarga jo'nab ketgan. Bosh murabbiyning yakin 2-3 kunda Namanganga qaytib kelishi kutilmoqda. Aytish lozimki, Baxtiyor Azamovich “lochinlar”ning “Olmaliq”qa qarshi kechadigan bahsida ham diskvalifikaciya tufayli zaxira o'rindig'ida bo'la olmaydi.


“Neftchi”: “Nasaf” bilan o'yinga tayyorgarlik boshlandi

O'tgan shanba kuni Toshkentda “Paxtakor”ga 2:0 hisobida imkoniyatni boy bergan “Neftchi” futbolchilari bir kunlik dam olishdan so'ng bugun yana o'z qaorgohida yig'iladi. Jamoa matbuot xizmatining aytishicha, futbolchilar tushlikdan so'ng Qirgulida yig'iladi va “Nasaf” bilan o'yinga tayyorgarlik boshlanadi. Eslatib o'tamiz, farg'onaliklar kelayotgan shanba kuni o'z maydonida “ajdarlar”ni qabul qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика