“Vodiy futboli”. “Neftchi” bugun “Olmaliq” bilan o'ynaydi, qolgan jamoalarga dam berildi
07 iyu 2015 15:38
Yangiliklar

“Vodiy futboli”. “Neftchi” bugun “Olmaliq” bilan o'ynaydi, qolgan jamoalarga dam berildi
Vodiy futboliga oid yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
"Andijon": Ikki kunlik tatil berildi
Edgar Gess kecha "So'g'diyona" bilan o'yindan keyin futbolchilarga ikki kunlik dam berdi. Endi jamoa azolari seshanba kuni o'z qarorgohida yig'iladi va 12 iyun kuni Kubok doirasidan o'rin olgan "Metallurg"ga qarshi bahsga tayyorgalik ko'radi.
"Neftchi": Bugun "Olmaliq" bilan o'yin
Farg'onaliklar uchun bugun sinov deyish ham mumkin. Boisi futbol jamoatchiligi tomonidan teng kuchga ega deya etirof etilayotgan "Neftchi" va "Olmaliq" bugun Farg'onada o'zaro kuch sinashadi. Mazkur uchrashuvga bo'lgan qiziqish yuqori deyish mumkin. Eslatib o'tamiz, "Istiqlol" stadionida kechadigan o'yin soat 18:00da boshlanadi.
"Navbahor": Jamoa endi 9 iyun kuni Toshkentda yig'iladi
Namanganliklar kecha o'z maydonida "Buxoro" ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi. O'yindan keyin murabbiylar shtabi futbolchilarga dam berdi. Klub matbuot xizmatining aytishicha, "lochinlar" endi seshanba kuni yig'iladi. 9 iyundan Toshkentda navbatdagi bahsga tayyorgarlikni boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, "Navbahor" oliy liganing 13-turida "Qizilqum" mehmoni bo'ladi. Bo'lajak bahs 18 iyun kuni bo'lib o'tadi.
"Qo'qon-1912": Bugun futbolchilarga dam berildi
Kecha Bekobodda kechgan o'yindan so'ng futbolchilarga bir kunlik dam berildi. Ertadan mahalliy futbolchilar Qo'qonda yig'iladi va 9 iyun kuni Toshkentga jo'nab ketadi. Xabaringiz bo'lsa kerak, 12 iyun kuni qo'qonliklar O'zbekiston Kubogi doirasidan o'rin olgan, "So'g'diyona"ga qarshi bahs o'tkazadi. Mazkur uchrashuvga jamoa poytaxtda tayyorgarlik ko'radi.

Fikrlar