So’nggi yangiliklar

21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2

“Vodiy futboli”. Dilshod Jabborov keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi Yangiliklar

“Vodiy futboli”. Dilshod Jabborov keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi

Vodiy futboliga oid yangiliklarni berib boishda davom etamiz.
“Andijon”: Andijonlik ishqibozlar diqqatiga
Nodirbek To'ychiev qaytdi. Aniqrog'i qaytarishdi. Endilikda ishqibozlar klubi ham “Neftchi” bilan o'yinga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda. Xabaringiz bo'lsa kerak, burgutlar 30 may, shanba kuni o'z maydonida “Neftchi”ni qabul qiladi. Nodirbek To'ychiev boshchiligidagi ishqibozlar klubi bo'lajak bahsga ko'tarinki ruhda hozirlik ko'rmoqda. “Andijon”ning har bir uy o'yinida 18-sektorda ishqibozlik qiladigan muxlislarga ishqibozlar klubidan o'ziga xos sovg'a tayyorlanmoqda.

Yani, shu kuni 18-sektordan chipta sotib olib, “Andijon”ni qizg'in qo'llab-quvvatlamoqchi bo'lganlarga bepul futbolka va sharflar taqdim etiladi. Futbolkalar soni chegaralangan, chipta sotib olishga shoshiling. CHiptalar esa ertaga ertalab sotuvga chiqadi.


“Navbahor”: Dilshod Jabborov keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi
Lochinlar sardori kecha O'zbekiston Kubogidan o'rin olgan “Lokomotiv”ga qarshi bahsda hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochkani qabul qilib olib, maydonni sheriklaridan oldin tark etishga majbur bo'ldi. Endi futbolchi keyingi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. Aytish lozimki, bu yo'qotish Baxtiyor Ashurmatovga “Qo'qon-1912” bilan o'yindan oldin muammo keltirib chiqarishi turgan gap.


“Qo'qon-1912”: Yoshlar jamoamiz ham kichik derbiga astoydil hozirlik ko'rmoqda
Muhsin Nizomiddinov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” yoshlar jamoasi 30 may kuni bo'lib o'tadigan kichik derbiga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda. Joriy yil hisobidan chempionatda umuman mag'lubiyatga uchramay kelayotgan yosh qo'qonliklar bo'lajak bahsda ham ishqibozlarni quvontirishga va shu orqali yoqimli ananani davom ettirishga hozirlik ko'rmoqda. Eslatib o'tamiz, “Navbahor” yoshlariga qarshi kechadigan bahs 30 may, shanba kuni soat 16:30da boshlanishi ko'zda tutilgan. Ishqibozlarni stadionga chorlab qolamiz.  


“Neftchi”: Abbosbek Maxstaliev umumiy guruhga qaytdi
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi oliy liga 11-turida “Andijon” mehmoni bo'ladi. Klub kecha kechki mashg'ulotni Qirgulidagi bazada olib bordi. Kichik jarohat olgani bois ikki kun mashg'ulotlarda ishtirok etmagan Abbosbek Maxsaliev kechagi mashg'ulotda umumiy guruh bilan birga ishtirok etdi.

“Neftchi”ning bugungi mashg'uloti “Istiqlol” stadionida o'tkaziladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика